Islom

Kiyinish odobi haqida

photo 451

Loading

Libos insonning ichki va tashqi olamini uyg‘unlashtirgan bamisoli ko‘zgu kabidir. Libos har bir insonning hayo, or va nomusining tarbiyasi ifodasidir. Kishining kiyimiga qarab uning e’tiqodi, dunyoqarashi va axloqini bilib olsa bo‘ladi. Insonning hayosi qanchalik kuchli bo‘lsa, ustidagi libosi ham shunga yarasha bo‘ladi. Kishining hayo va itoati kamayganda liboslari qisqaradi. Hayosi kuchayganda esa liboslar ham shunga yarasha bo‘ladi.

Libos haqida Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan: “Ey odam bolalari! Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan (libosini) ham tushirdik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo libosidir…” (A’rof surasi, 26-oyat). Ushbu oyatda Alloh taolo libos haqida so‘zlaganda eng avvalo avratni yopadigan libosni zikr qildi. Demak, har bir erkak va ayol uchun libosdan ko‘zlangan eng asosiy maqsad, avratni yopishlikdir. Qolaversa, libosni avrat berkitish shartlarini bajargan holda ziynat uchun ham kiyish mumkin. Aksincha, avratga e’tibor qaratmasdan faqatgina ziynat sifatida kiyish esa mumkin emas. Mo‘minlar sayyidasi, Sarvari koinot Muxammad sollallohu alayhi vasallamning gavharlari Fotima roziyallohu anhu, xususan ayollar haqida shunday deganlar . “Eng yaxshi ayol –nomahram erkaklarning xayollarida kezmagan ayoldir!”.

Erkak kishining avrati kindik ostidan, to tizzasigacha, ayol kishining avrati esa yuzi va kaftidan boshqa barcha joyi avrat xisoblanadi. Shunday ekan avratni yopib yurishlik, ibodatda xam boshqa joyda ham farz xisoblanadi.

Kiyinishda dinimiz belgilagan, urf – odatlarimiz milliyligimizga xoslik maqsadga muvofiqdir.
Ba’zida ko‘cha-ko‘yda yurganda ko‘zimiz tushib qoladi, ajnabiycha yozuvli yoki chala yirtiq jinsi shimga o‘xshash kiyimlarni kiyib olgan kimsalarni. Bu kabi kiyim biz moʻmin musulmonlarga nomaqbul hisoblanadi. Odatga xilof kiyinishlik ham makrux hisoblanadi. Bundan tashqari boshqa dinga targ‘ib qiluvchi belgilardan ishlangan kiyimlarni kiyishlik mutlaqo durust bo‘lmaydi. Alloh barchamizga kifoya qilsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, u ham o‘shalardandir”, (Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati). Mo‘min kishi hargiz ehtiyotkor bo‘lmog‘i kerak bu kabi holatlardan.

Dinimiz har bir ishda moʻtadillikka chaqiradi. Ya’ni, kiyinishda ham o‘rtahollik ma’qbul ko‘riladi. Kishida kiyim kibr uchun emas ,birovni o‘ziga jalb qilish uchun emas, magaram ziynat uchun, avratni berkitish uchun xizmat qilmog‘i darkor.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa, u jannatga kirmaydi”, deganlarida, bir kishi: “Kishi kiyimi yaxshi va poyafzali yaxshi bo‘lishini istaydi (bu amali ham kibr-havoga kiradimi?)”, deganida, u zot: “(Yo‘q, bu amali kibr emas). Albatta, Alloh ko‘rkamdir. Va ko‘rkamlikni yaxshi ko‘radi. Aslida kibr haq so‘zni rad etib, odamlarga past nazar bilan qarashdir”, dedilar.
Yaratgan barchamizni haq yo‘lida bardavom va barkamol aylasin!

Buxoro shahridagi “Tagbandbofon” masjid imom-xatibi Salohiddin Karomatov

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.