Mashhurlar

Maryam Tillayeva Shveytsariyadagi maktabida uni kamsitishgani haqida gapirdi — video

photo 461

Loading

Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva rus internet nashrlaridan biriga bergan intervyusida Shveytsariyadagi maktabida uni kamsitishgani haqida gapirib berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, u paytlar juda qiyin kechgan. Instabloger maktabidagi bolalarning hammasi fransuz boʻlganini aytdi. Maryam Tillayeva esa ularga gapirmagan va moslashishi qiyin kechgan. Maʼlum vaqt oʻtgach, u til oʻrgangan va muloqatga kirishishni boshlagan.

“Juda ham qiyin kechgan, chunki barcha bolalar fransuz boʻlgan. Men esa gapirmasdan yurganman, moslashishim biroz qiyin boʻlgan. Ammo maʼlum vaqt oʻtgach ular bilan muloqotga kirishishim uchun bu tillarni oʻrganishimga toʻgʻri kelgan”, — deydi Maryam Tillayeva.

Video:

U Shveytsariyadagi maktabida tugʻilgan kunini nishonlash uchun shokoladli tort olib borgan. Uni blogerning onasi pishirib bergan. Shunda sinfdagi qizlar uning tortini hech kim yemasligi kerakligini aytgan. Tortni Maryam Tillayevaning oʻzi yeyishiga toʻgʻri kelgan. Keyinroq sinfdagi yigitlar kelib, undan bir boʻlak tort soʻragan. Maryam Tillayeva ularga bir boʻlakdan bergan. Ular esa tortni blogerning kurtkasiga bulgʻagan.

“Tugʻilgan kunim edi, onam shokoladli tort tayyorlab bergan. Men sinfga kirib sinfdoshlarimga tortni koʻrsatmoqchi boʻlganimda, sinfimdagi qizlar hech kim uning tortini yemasin deb aytgan. Oʻtirib tortni oʻzim yeganman. Keyin yigitlar oldimga kelib, ʻBizga bir boʻlak tort berʻ, dedi. Men ularga bir parcha tort berdim. Ular esa tortni mening kurkamni bulgʻashdi. Menda shunga oʻxshash voqealar boʻlgan”, — deydi instabloger.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Maryam Tillayeva Amiran bilan nikohiga ota-onasining munosabati qandayligini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, dastlab ota-onasi bunga qarshi boʻlgan. Oʻsha paytda Maryam Tillayeva hech kimni eshitishni istamagan. Keyin ular qiziga bu uning shaxsiy tajribasi ekanini aytib, istaganicha yashashiga qoʻyib bergan. Maryam Tillayeva bu toʻgʻri boʻlganini taʼkidladi. U ota-onalar farzandlarini hech nimaga majburlamasligi kerakligini aytgan.

«Oʻtish kerak boʻlsa, boshidan oʻt, boshdan kechir, deyishdi. Avvaliga ular bunga mutlaqo qarshi edi, lekin men hech kimni tinglashni xohlamadim. Keyin ular ʻBu senning shaxsiy tajribang. Agar senga biror narsa kerak yoki nimadir yoʻq boʻlsa, bizga aytʻ, dedi. Menimcha, bu toʻgʻri. Ota-onalar sizni biror narsaga majburlashlari toʻgʻri emas, chunki bola buni oʻzicha qiladi. Keyin ular ʻMayli, istaganingni qilʻ, dedi.

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.