Sport

Transfer xabarlari

photo 11

Loading

28-dekabr, 2020-yil

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Kostaning kelajagi aniq

Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Diyego Kosta faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin turibdi.

AS nashrining ma’lum qilishicha, «matrsachilar» futbolchini o‘rnini kim bilan to‘ldirish borasida yakuniy qarorga kelishgan. Shu bois, jamoa «Napoli» hujumchisi Arkaduish Milik bilan muzokaralarga tayyorlanmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Napoli» Milikni yozda erkin agent sifatida qo‘yib yuborishdan ko‘ra, uni qishda 10 million yevroga sotmoqchi.

Musa Turkiyada

O‘zining «Lester» jamoasidagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Ahmad Musa faoliyatini Turkiyda davom ettirishi tobora aniqlashib bormoqda.

Turk nashrlarining ma’lum qilishicha, hujumchiga klub 2+1 ko‘rinishidagi shartnoma taklif qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Musa bilan shaxsan Fotih Terim qiziqib qolgan. Shu bois, ushbu transfer tez orada hal etiladi.

Musakko ketadimi?

Milanning «Milan» jamoasi himoyachisi Matteo Mussakko faoliyatini qaysi klubda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.

Argentinalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu bois, jamoa uni qishda qo‘yib yuborish haqida bosh qotirmoqda.

«Goal» nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi yozgacha jamoada qoladi va erkin agent sifatida klubni tark etadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, himoyachi bilan Ispaniyaning «Valensiya» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Veynaldum keladimi?

Angliyaning «Liverpul» jamoasi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Kataloniya super klubida davom ettirishi mumkin.

AS nashrining ma’lum qilishicha, 2021 yilda erkin agentga aylanadigan futbolchi bilan shaxsan «Barselona» ustozi qiziqib qolgan. U Jorjinoni qo‘lga kiritish lozimligi haqida rahbariyatga ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatib qo‘yilgan. Shu bois, futbolchi yanvar oyida o‘zi istagan klub bilan muzokara o‘tkazishi mumkin.

«Milan»ga hujumchi kerak

Milanning «Milan» jamoasi Madridning «Real» klubi hujumchisi Luka Yovichni ijaraga olish niyatida.

«Goal» nashrining ma’lum qilishicha, jamoa allaqachon serbiyalik hujumchi borasida Madrid klubi bilan muzokaralar boshlab yubordi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilda o‘z yakuniga yetadi.

«Yuventus»ga O‘zil kerak

Turinning «Yuventus» jamoasi «Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zilni o‘z tarkibida ko‘rish fikridan qaytdi.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, «Yuventus» O‘zil bilan shartnoma tuzmoqchi edi, biroq so‘nggi soatlarda bu fikrdan qaytgan. Bunga futbolchi tomonidan katta maosh talab qilingani vaj qilib ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi bilan bir nechta turk klublari qiziqib qolgan edi.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.