Buxoro yangiliklari

Senatda Buxoro to‘g‘risida qaror qabul qilindi

photo 471

Loading

Joriy yil 4 – 5 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan Senatning 23-yalpi majlisida Buxoro viloyatida turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat hokimining hisoboti eshitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, majlisda viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirish, madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Xususan, xorijlik fuqarolar uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni 90 taga yetkazilishi natijasida 2021-yilda Buxoro viloyatiga qariyb 49 000 nafar, 2022-yilning I choragida esa 65 000 nafardan ortiq xorijlik turistlar tashrif buyurgan.

Pandemiyadan keyin ichki turizm o‘sish tendensiyasi kuzatilgan, jumladan, mahalliy sayyohlar soni 2021-yilda 2,5 mln nafarni, 2022-yilning I choragida esa 698 000 nafarni tashkil etgan.

Viloyatda 2021-yildan buyon 28 ta yangi mehmonxona, 29 ta xostel, 45 ta oilaviy mehmon uyi tashkil etilib, joylashtirish vositalarining umumiy soni 430 tadan ortgan, ulardagi o‘rinlar soni esa qariyb 11 000 ga yetkazilishi ta’minlangan.

So‘nggi bir yarim yil davomida viloyatga tashrif buyurgan turistlarga ko‘rsatilgan mehmonxona, ovqatlanish, madaniy ko‘ngilochar, savdo kabi xizmatlar eksporti 2 trln 330 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Viloyatda 2022-yil I chorak yakuniga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan 31,5 000 dan ortiq korxonalarning qariyb 65% xizmatlar sohasiga to‘g‘ri kelib, yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 41,5% ni tashkil etgan.

Shu bilan birga, senatorlar sohadagi mavjud kamchiliklarga e’tibor berish va o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligini qayd etishdi.

Xususan, “Buxoro” xalqaro aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan to‘liq foydalangan holda, yangi avia yo‘nalishlar ochish, masalan, xalqaro yo‘nalishda Dubay, Jakarta, Kuala-Lumpur, Lahor, Dushanbe shaharlaridan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslarni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashashi va ularga xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha aksariyat joylashtirish vositalarida qonunchilikda belgilangan talablar asosida shart-sharoitlar yaratish zarur ekanligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, viloyatdagi mavjud turizm salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida madaniy meros ob’yektlariga (829 ta madaniy meros ob’yektidan 139 tasi turistik marshrutga kiritilgan) turizm marshrutlarini yanada ko‘paytirish kerakligi aytib o‘tildi.

Yalpi majlisdagi muhokama yakuni bo‘yicha o‘z yechimini kutib turgan muammoli masalalarni bartaraf etish yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.