Mashhurlar

Gulchehra Eshonqulova mashina haydash vaqtida sodir boʻlgan kulgili holat videosini eʼlon qildi — video

photo 472

Loading

Sobiq aktrisa Gulchehra Eshonqulova Instagram sahifasida mashina haydash vaqtida sodir boʻlgan kulgili holat videosini eʼlon qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, 2 oylik tanaffusdan soʻng qayta Nyu-York koʻchalarida avtomobil boshqarishni boshlagan. Sobiq aktrisa ikkinchi imtihoniga sanoqli haftalar qolganini taʼkidlagan. Biroq Gulchehra Eshonqulova mashina haydayotganda, “tormoz”ning oʻrniga “gaz”ni bosgan. Shuningdek, u avtomobil boshqarayotganda, xayol surish yomon odat ekanini ham aytdi.

“2 oylik tanaffusdan soʻng Nyu-York koʻchalarida yurishni davom ettirishni instuktorim bilan birga boshladik. Ikkinchi imtihonga sanoqli haftalar qoldi. Xullas, har haydaganimni videoga olishga harakat qilaman. Bu safargisini koʻrib, maza qilib kuldim. Komediya janrida hech suratga tushmagandim. Shu janrda qisqa video olish oʻzimga nasib qilgan ekan. Bu video menga oʻxshab ʻtormozʻning oʻrniga ʻgazʻni bosishni yaxshi koʻradiganlar uchun. Keyin mashina haydayotganda, xayol surish yomon odat ekan”, — deb yozadi sobiq aktrisa.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Gulchehra Eshonqulova farzandlari oʻzbek tilida qanday gapirishini koʻrsatgandi. U turmush oʻrtogʻi, farzandlari Amir va Sumaya bilan savdo doʻkoniga borgan. Videoda Amir va Sumayaning oʻzbek tilida yaxshi gapira olmasligining guvohi boʻlish mumkin. Sobiq aktrisaning qizi doʻkon sotuvchisiga besh tashlagan. Keyin onasining oldiga borib, “Odam meni lyubit”, degan.

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.