Mashhurlar

Parizoda erining qanday bizneslari borligini maʼlum qildi

photo 473

Loading

Raqqosa, aktrisa Parizoda Instagram sahifasida erining qanday bizneslari borligini maʼlum qildi.

Dilnoza Safarovaning soʻzlariga koʻra, eri tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Biroq Parizodaning kasbi sabab adminstrator boʻlgan. Sherali Safarov ancha yillardan beri pul tikib, adminstratorlikni qoʻlga olgan. Raqqosa tadbirlarga doim turmush oʻrtogʻi bilan borishini taʼkidlagan. Shuningdek, u eri boʻlmaganda shu paytgacha yetib kelmagan boʻlishini aytgan.

“Safarov Sherali aslida tadbirkor boʻlgan. Keyin men ʻOʻzimning ijodimni davom ettirishim kerak. Qancha umid, niyatlarim bor. Hayotda oʻzimning oʻrnim boʻlishi kerakʻ, deganman. Shunda atrofdagilari ʻTadbirkorsiz pul tikib, tadbirkorligingizni qilaverasiz. Parizoda esa oʻz ijodini rivojlantira oladiʻ, deb maslahat bergan. Shundan keyin adminstratorlikni qoʻlga olib, pul tikkan. Ancha yillardan beri shunday qilib keladi. Shuning uchun biz birga yuramiz. Oʻzining tosh doʻkoni va tuyaqush fermasi bor. Hech qachon buni koʻrsatmaganman. Agar qiziq boʻlsa, qachondir borib koʻrsataman. Turmush oʻrtogʻim yonimda boʻlmaganda, shu paytgacha yetib kelmagan boʻlardim”, — deydi raqqosa.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Parizodaning eri nima ish qilishini aytgandi. Aktrisa oʻz sahifasida savol-javob oʻtkazgan. Shunda unga erining nima ish qilishi haqida savol berilgan. Parizoda esa turmush oʻrtogʻining tosh biznesi borligi aytgan. Shuningdek, u erining tuyaqush fermalari borligini ham taʼkidlab, oʻsha joyni koʻrsatgan

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.