Mashhurlar
Iymona Farmonova birinchi farzandidan ayrilganini aytdi — video
Instabloger, aktrisa Iymona Farmonova YouTubeʻdagi “Yashin TV” loyihasiga bergan intervyusida birinchi farzandidan ayrilgani haqida gapirib berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, katta tavakkal qilib oila qurgan. Instabloger erini nikoh kuni koʻrganini aytdi. Iymona Farmonova rozilik bergach, koʻp oʻtmay toʻyi boʻlgan. U nikohdan 1,5 oy oʻtgach, homilador boʻlgan. Instabloger oʻsha vaqtda juda koʻp stressga tushgan. Shuningdek, yanvar oyida togʻasi vafot etgan. Shu voqealardan keyin aktrisaning homilasining yuragi urmay qolgan.
“Men katta tavakkal bilan oila qurdim. Koʻrishmasdan turib turmushga chiqdim. Toʻygacha sevgi boʻlmagan. Undan keyin bir-birimizga mehr qoʻydik. Turmush oʻrtogʻim meni yaxshi koʻrgan va qidirib topgan. Kuyovni nikoh kuni koʻrganman. Uning ham birinchi hayoti oʻxshamagan. Toʻyimiz noyabr oyida boʻlgan va oradan bir yarim oy oʻtgach homilador boʻlganman. Oʻsha vaqtda juda koʻp stressga tushganman. Yanvarning oxirida togʻam vafot etgan. Shuni eshitganimda keyin homilamning yuragi urmay qolgan”, — deydi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Iymona Farmonova 23 yoshigacha 2 marta turmushga chiqqanini maʼlum qilgandi. U birinchi marta oila qurganida, 18 yosh boʻlgan. Ular sovchi orqali tanishgan. Iymona Farmonova birinchi turmushi haqida yomon gapirishni istamaydi. Instabloger 2021-yil noyabr oyida ikkinchi marta oila qurgan. U shungacha ikki marta turmushga chiqish haqida hech qachon oʻylamaganini taʼkidladi.
“Men ikki marta turmushga chiqqanman. Buni koʻrib, ʻtavba qildimʻ deyishingiz ham xato. Men ham hech qachon ikki marta turmush quraman deb oʻylamaganman. Birinchi marta 18 yoshimda oila qurganman. Biz sovchilar orqali tanishganmiz. Birinchi oilam haqda yomon gapirish niyatim yoʻq. Hammani baxtini bersin. Ikkinchi turmushimni noyabr oyida qurdim”, — deydi Iymona Farmonova.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi