Buxoro yangiliklari

Buxorolik chempion qizlar o‘z mahallalarida tantanali tarzda kutib olindi

photo 482

Loading

Xabaringiz bor, yaqinda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Osiyo bolalari 2022” xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi «Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 41 ta oltin, 28 ta kumush va 45 ta bronza medallar bilan 21 ta jamoa orasida umumjamoa hisobida sharafli ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Ushbu musobaqada mamlakatimizdan 174 nafar sportchilar ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 5 nafarini bokschi qizlar tashkil etdi.

Quvonarlisi, ushbu o‘yinlarda olotlik Farangiz Ro‘ziboyeva sportning yengil atletika turi bo‘yicha bronza medal sohibasi bo‘ldi.

Shu munosabat bilan 10-avgust kuni Olot tuman hokimi Nargiza Nematova, sektor rahbarlari hamda bir guruh faollar Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan yosh chempion xonadonida bo‘lib, uni munosib taqdirladilar.

Shuningdek, mamlakatimiz umumjamoa hisobida II o‘rinni egallashiga munosib hissasini qo‘shib, 54 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, VII «Osiyo bolalari» o‘yinlari chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan g‘ijduvonlik Uzukjamol Yunusova hamda uning ota-onasi va murabbiylarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.