Mashhurlar

Sardor Rahimxon qizi betob ekanligini maʼlum qildi

photo 487

Loading

“Yurak amri” loyihasi asoschisi Sardor Rahimxon Instagram sahifasida qizi betobligini maʼlum qildi.

U kuzatuvchilaridan qizining tuzalib ketishi uchun shifo soʻrab, duo qilishini soʻragan. Xonanda obunachilari orasida duosi ijobat boʻladigan insonlar koʻpligini taʼkidlagan. Shuningdek, Sardor Rahimon qiziga dard bergan Alloh uning shifosini berishini ham soʻragan.

“Azizlar, orangizda duosi ijobat insonlar koʻp. Bugun sizlardan qizimning dardiga shifo soʻrab, duo soʻrayman. Alloh mehribon, dardini bergan, shifosini ham bersin”, — deb yozadi u.

photo 02 159

Avvalroq Sardor Rahimxon “Yurak amri” loyihasi faoliyatini toʻxtatganini aytgandi. Sardor Rahimxon katta xatolarning oldini olish, oʻzini isloh qilish uchun “Yurak amri”ni vaqtinchalik toʻxtatdi. U 2,5 yil mobaynida loyiha uchun yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Sardor Rahimxon “Yurak amri” butunlay yopilmasligini ham taʼkidladi.

“Aziz yurtdoshlar, bugun sizlarga ”Yurak amri« nomidan rasmiy eʼlon bilan murojaat qilmoqchiman. Biz katta xatolarning oldini olish, oʻzimizni isloh qilish, oldindagi katta rejalarga kuch va bilim toʻplash, xalqimiz va yurtboshimiz oldilarida yuzimiz doim yorugʻ boʻlishi uchun vaqtinchalik faoliyatimizni yakunlashga qaror qildik. Oʻylaymanki, siz bizni bu qarorimizda ham qoʻllab-quvvatlab duo qilishda davom etasiz.

2 yarim yillik faoliyat davomida yonimizda turgan, yordamini ayamagan, miskin va yetimlar uchun borini ayamagan, ehson, mehnat qilganlar va albatta muhtaram Prezidentimizdan cheksiz minnatdormiz. Sizlarning yordamingiz va duolaringiz boʻlmaganda biz boʻlmasdik, birgalikda hali Insha Alloh vatanimiz uchun qiladigan xizmatlarimiz juda koʻp azizlar. Bu oʻtgan arzimagan 2 yarim yillik hayotimiz biz uchun asrlarga teng. Alhamdulillah oʻzbek xalqi uchun nimadir qila olishga imkon berdi Alloh. Ammo biling bu vidolashish emas, biz sizlardan ozgina tanaffus soʻramoqdamiz.

Hurmat va cheksiz mehr-muhabbat ila «Yurak amri» va Sardor Rahimxon. Alloh hammamizdan rozi boʻlsin, yurtimizni panohida asrasin”, — deb yozadi u.

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.