Buxoro yangiliklari
Buxorolik azamat sportchilar Turkiyada
Ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi oʻyinlari bo’lib o’tmoqda.
Unda jamoamiz tarkibida buxorolik sportchilar ham bor. Ular orasida Mirzobek Rahmatov musobaqaning yunon-rum kurashi bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Jahongirmirzo Turobov ham erkin kurash sport turi bo‘yicha barcha raqiblaridan ustun kelib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
15-avgust kuni esa dzyudo bahslarida -73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan yana bir buxorolik Shahram Ahadov finalda raqibini mag‘lub etib, Islom birdamligi o‘yinlari chempioniga aylandi va delegatsiyamiz hisobiga yana bir oltin medalni yozib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 9-avgustdan Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik oʻyinlari start oldi. Unda dunyoning 57 ta mamlakatidan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Quyida oʻyinlar oʻtkaziladigan Turkiyaning Konya shahridagi 8 ta inshoot bilan tanishing.
– “19-may” sport zali: taekvondo WT: 9-12-avgust, qilichbozlik: 14-17-avgust;
– Qoratoy Kongress sport markazi: basketbol 3×3: 13-17-avgust, voleybol: 8-15-avgust, karate: 17-18-avgust;
– Konya Olimpiya suzish havzasi: suzish: 13-17-avgust, para suzish: 7-11-avgust;
– Konya yengil atletika maydoni: yengil atletika: 8-12-avgust;
– Konya Texnika universiteti sport zali: dzyudo: 15-17-avgust, sport kurashlari: 10-13-avgust;
– Konya velodromi: badiiy gimnastika: 13-14-avgust, sport gimnastikasi: 10-11, 17-18-avgust;
– “Selchukli munitsipaliteti” xalqaro sport zali: gandbol: 7-14-avgust, kikboksing: 16-18-avgust;
– Sarachogʻli sport majmuasi: oʻq otish: 10-18-avgust, kamondan otish: 14-18-avgust, para kamondan otish: 9-13-avgust, an’anaviy turk kamoni: 15-16-avgust;
– Tuyap Konya Xalqaro yarmarka markazi: ogʻir atletika: 11-15-avgust, stol tennisi: 7-11-avgust, para stol tennisi: 13-, 15-, 18-avgust.
Musobaqa 18-avgustga qadar davom etadi.
Maʼlumot uchun, musobaqada 24 ta sport turidan jami 268 nafar oʻzbekistonlik atlet gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.
Yurtimiz sportchilari Islom birdamlik oʻyinlarida ilk marotaba 2017-yilda Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilgan musobaqada qatnashishgan va yakunda umumjamoa hisobida 4-oʻrindan joy olishgan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi