Islom
U tufayli Allohning arshi larzaga keladi…
Oila – insoniyat jamiyatining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib kelayotgan muqaddas dargoh hisoblanadi. Alloh taolo o‘zining payg‘ambarlari orqali oila masalasiga alohida ahamiyat berib, uning mustahkam bo‘lishi uchun nizom va qonunlar joriy etgan. Qur’oni karimda uylanib, oila qurish Payg‘ambarlarning sunnati ekanligini ta’kidlab bunday deydi: «Darhaqiqat, Sizdan ilgari ham (ko‘p) Payg‘ambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar berganmiz» (Ra’d surasi, 38-oyat).
Dinimizda oila farovonligi, saodati uchun oila a’zolari o‘zlarini qanday tutishlari lozimligi, er-xotinning burch va vazifalari, oila buzilishini oldini olish borasida ko‘plab tavsiyalar berilgan. Jumladan, Alloh taolo: «Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik”, deb marhamat qilgan («Zoriyot» surasi, 49-oyat).
Jamiyatda paydo bo‘lgan xar bir xolatning o‘ziga yarasha sabab va omillari bo‘ladi. Oila buzilishi barcha jamiyatlarni qattiq tashvishga solgan va solib kelmoqda. Bu muammoni hal etish uchun xar bir jamiyat turli choralar ko‘rishgan va ko‘rib kelmoqda. Zero dinimizda ham oila mustaxkamligi uchun barcha choralar ko‘rilgan. Erning zimmasidagi ayolning xaqqi, ayolning zimmasidagi erning haqqi, ota-ona haqqi va farzand haqqi kabilar. Ming afsuslar bo‘lsinki, o‘z dinimizni yaxshi bilmaganimiz va uning ta’limotlariga amal qilmaganimiz uchun oilaviy hayotimizda qator muammolar, xususan oila buzilishi va u bilan bog‘liq ishlar ko‘payib bormoqda. Bu noqulay holat «taloq» masalasida o‘zini yana ham ochiq namoyish etmoqda. Hatto-ki, bu balo to‘ylaridan 15-20 kun o‘tgan kelin-kuyovlar orasida ham uchrab turishi hech kimga sir emas. Ba’zi kuyovlar taloq bilan kelinni o‘ziga bo‘ysundirish payida bo‘ladi. Ba’zilar bu narsani bilmasligini bahona qilsa, boshqalari yoshlik qilibmiz, deydilar. Natijada farog‘at oshiyoni bo‘lishi kerak bo‘lgan bir oila tanazzulga ketadi. Ammo, hech birlari oralariga taloq tushib bo‘lgandan keyin murodimga yetdim, – deb tinchib qolmaydi. Balki taloq tushgan kunning ertasigayoq taloqqa yo‘l axtara boshlaydi. Kuyovdan taloq sababini so‘rasangiz, arzimagan narsa yoki mojaroni sabab qilib ko‘rsatadi. Kelin esa oralaridagi bolalari ko‘zlariga ko‘rinib, ularni tirik yetim qilish yomonligini eslab qoladi. Shu mashmashalar o‘rniga er-xotin o‘zlari oralaridagi muammolari taloqni o‘rtaga qo‘ymay hal qilsa bo‘lmaydimi? Axir taloq tufayli Allohning arshi larzaga keladi. Allohning g‘azabi keladiku! Nima uchun bu narsalar o‘ylab ko‘rilmaydi?…
Ba’zi kuyovlar kelinni ba’zi bir xulqini yoqtirmasligini bahona qiladi, lekin bu ham taloq uchun arzirli sabab emas. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu a’layhi vasallam: «Mo‘min (er) odam mo‘mina (xotiniga) g‘azab qilmasin. Agar uning xulqlaridan biri yoqmasa, boshqa fazilati hursand qiladi”, deydilar. Har qanday holatda ham sabr qilinsa, ayoliga yaxshi muomalada bo‘lsa, ayollar ham o‘z zimmasidagi erini xaqlariga rioya qilsa, eriga itoat qilsa, bunday nohush holatlarning oldi olingan bo‘lar edi.
Maqsadimiz taloq deb atalgan nohush xolatning oldini olish. Alloh taolo jamiyat poydevorini darz ketishini asrasin, oilalarni esa farog‘at oshiyoniga aylantirsin!
Muallif: Gʻolib Murotov, Romitan tumani, “Hokimullomir” jome’ masjidi imom-xatibi
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi