Buxoro yangiliklari

Buxorodagi oliygohlar haqida ma’lumot va 2022/2023-o‘quv yili kirish ballari

photo 528

Loading

photo 03 129

Oliy ta’lim muassasasi: Buxoro davlat universiteti.

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko‘chasi, 11- uy, pochta indeksi: 200118.

Telefon raqami: 65-221-29-14.

Ma’lumot: 1930-yilning sentabrda Buxoro davlat pedagogika instituti tashkil etilgan. Prezidentimizning 1992-yil 28-fevraldagi 356-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-sonli Qaroriga asosan unga universitet maqomi berildi.

Buхоrо pеdagоgika institutiga Univеrsitеt maqоmi bеrilgach, imkоniyatlar yanada kеngaydi. Ayni paytda univеrsitеtda 8 ta fakultеt, 43 ta kafеdra va maхsus sirtqi bo`limi hamda malaka оshirish markazi faоliyat ko`rsatmоqda. Univеrsitеtda 36 ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavriat, 22 mutaхassislik bo`yicha magistratura, 23 mutaхassislik bo`yicha aspirantura va 4 ta yo`nalish bo`yicha dоktоrantura mavjud.

Kirish ballari va qabul kvotasi (2022-yil):

  1. Kunduzgi ta’lim (o‘zbek tili);
  2. Sirtqi ta’lim (o‘zbek tili);
  3. Kechki ta’lim (o‘zbek tili);

  1. Kunduzgi ta’lim (rus tili);
  2. Sirtqi ta’lim (rus tili);
  3. Kechki ta’lim (rus tili);

photo 04 98

Oliy ta’lim muassasasi: Buxoro muhandislik-texnika instituti.

Telefon raqami: (+998) 65-223-78-84.

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Qayum Murtazoev ko‘chasi, 15- uy, pochta indeksi: 200117.

Ma’lumot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil qilish to’g’risida” gi 1954-sonli qarori asosida Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti negizida qayta tashkil qilingan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

Bu oliygohda elektronika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muhandislik-qurilish, yengil sanoat fakulteti, neft-gaz va kimyo sanoati texnologiyasi, kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlari mavjud.

Kirish ballari va qabul kvotasi (2022-yil):

  1. Kunduzgi ta’lim (o‘zbek tili);
  2. Sirtqi ta’lim (o‘zbek tili);
  3. Kechki ta’lim (o‘zbek tili);

  1. Kunduzgi ta’lim (rus tili);
  2. Sirtqi ta’lim (rus tili);
  3. Kechki ta’lim (rus tili);
photo 02 176

Oliy ta’lim muassasasi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 1- uy, pochta indeksi: 200118.

Telefon raqami: (+998) 65-223-00-50.

Ma’lumot: Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990-yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan. 1991-yil mart oyida institutga buyuk alloma Abu Ali ibn Sino nomi berilgan. 1991-yilda institutda davolash, 1992/1993-o‘quv yilidan stomatologiya fakultetlari faoliyat ko‘rsata boshlagan. Uning tarixan qisqa faoliyati davomida jami 8 500 dan ortiq, shundan 5 448 nafar davolash ishi, 2 510 nafar stomotologiya, 507 nafar tibbiy pedagogika hamda 322 nafar oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlarida oliy ma’lumotli shifokor kadrlar tayyorlangan.

Institutning shakllanish va rivojlanish yo‘liga nazar tashlasak, 1991-yilda mazkur oliygohda faqat birgina yo‘nalish – davolash ishi o‘qitilgan bo‘lsa, keyinchalik 4 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashga erishilgan ya’ni 1992-yildan stomatologiya, 1999-yilda Oliy hamshiralik ishi, 2001-yildan tibbiy-pedagogika ishi yo‘nalishi tashkil etilgan. 2017-yildan pediatriya, 2018-yildan tibbiy profilaktika hamda tibbiy. ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami ayni paytda 7 ta bakalavriyat hamda 11 ta magistratura va 40 dan ortiq klinik ordinatura yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda.

Kirish ballari va qabul kvotasi (2022-yil):

  1. Kunduzgi ta’lim (o‘zbek tili);
  2. Sirtqi ta’lim (o‘zbek tili);
  3. Kechki ta’lim (o‘zbek tili);

  1. Kunduzgi ta’lim (rus tili);
  2. Sirtqi ta’lim (rus tili);
  3. Kechki ta’lim (rus tili).
photo 05 64

Oliy ta’lim muassasasi: Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Gazli shoh ko‘chasi, 32-uy, pochta indeksi: 105009.

Telefon raqami: (+998) 65-225-36-42.

Ma’lumot: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 182-sonli qarori asosida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filiali tashkil etilgan. 2021-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan institut nomi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti o‘zgartirilib, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzurida faoliyat yuritishi belgilandi.

Bu yerda “Gidromelioratsiya” fakulteti – oily ta’lim muassasasining o’quv ilmiy va ma’muriy bo’linmasi hisoblanib, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga muvofiq tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o’qitish, ta’lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Kirish ballari va qabul kvotasi (2022-yil):

  1. Kunduzgi ta’lim (o‘zbek tili);
  2. Sirtqi ta’lim (o‘zbek tili);
  3. Kechki ta’lim (o‘zbek tili);

  1. Kunduzgi ta’lim (rus tili);
  2. Sirtqi ta’lim (rus tili);
  3. Kechki ta’lim (rus tili).
photo 01 140

Oliy ta’lim muassasasi: Buxoro davlat pedagogika instituti.

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko’chasi 2-uy, pochta indeksi: 200118.

Telefon raqami: (+998) 65-223-13-69.

Ma’lumot: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi qaroriga muvofiq Buxoro davlat universitetining pedagogika taʼlim sohasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Institutga kafedra mudiri va professor-oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish Buxoro davlat universiteti kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Kirish ballari va qabul kvotasi (2022-yil):

  1. Kunduzgi ta’lim (o‘zbek tili);
  2. Sirtqi ta’lim (o‘zbek tili);
  3. Kechki ta’lim (o‘zbek tili);

  1. Kunduzgi ta’lim (rus tili);
  2. Sirtqi ta’lim (rus tili);
  3. Kechki ta’lim (rus tili);
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.