Buxoro yangiliklari
Buxoroda xalqaro festival uchun kino suratga olinmoqda
Xabaringiz bor, joriy yilning 13-sentabrdan 18-sentabrga qadar «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi.
Kinofestival doirasida Osiyo qit’asi va qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining «Kino besh kunda» loyihasi hozirda Buxoroda davom etmoqda.
Dastur bo‘yicha 8 sentyabrdan boshlagan loyihada Isroil, Ozarbayjon, Eron, Janubiy Koreya, Tojikiston va yurtimizning yosh kinoijodkorlari viloyatimizning madaniy meros ob’yektlari va chekka cho‘l hududlarida filmlar suratga olishmoqda.
Ma’lumot uchun, festivalga 40 ta davlatdan 500 ga yaqin kino san’ati arboblari, aktyor va aktrisalar, rejissyor va bir qator ijodkorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqida «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
Shuningdek, festival bosh direktori Firdavs Abduholiqov ma’lumotiga ko‘ra, ishtirokchilarni qiziqarli tadbirlarga boy dasturlar kutmoqda. Xususan, “ShHT mamlakatlari kinosi kunlari”, “Jahon kinosi kunlari” “Hujjatli kino kunlari”, “Retro kino kunlari”, “O‘zbekiston Respublikasining kinosi kunlari”, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) kinoforumi, “MDH mamlakatlari milliy kinostudiyalarining rahbarlari yig‘ilishi” va o‘quv dasturi shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, 50 dan ortiq qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, davra suhbatlari, forumlar, mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar uyushtiriladi. Bu tadbirlar natijasida yangi qo‘shma loyihalar vujudga keladi. Dunyoning o‘nlab mamlakatlari bilan kinomahsulot yaratish bo‘yicha 20 ga yaqin memorandumlar imzolanadi.
Tadbirda 40 ta davlatdan 500 ga yaqin kino san’ati arboblari, aktyor va aktrisalar, rejissyor va kinooperatorlar, prodyuserlar, kinotanqidchilar va kinoshunoslar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Jahon ishlab chiqaruvchilaridan 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlarini namoyish etish rejalashtirilgan. Kino ishlab chiqarish, ta’lim, filmlar namoyishi va suratga olish jarayoni bilan bog‘liq 20 dan ortiq keng ko‘lamli tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Kinofestival yulduzlari orasida Takeshi Kitano, Armand Assante, Burak Ozchivit, Sergey Bezrukov va boshqalar ishtirok etadi. Bu yerda yetuk rejissyorlar, aktyorlar va zamonamizning taniqli kinoijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar ham tashkil etiladi.
Kinofestivalning muhim jihatlaridan biri, 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitiga to‘g‘ri keladigan SHHT mamlakatlari kinosi kunlaridir. Ishtirokchi-davlatlar delegasiyalari Toshkent shahrida, viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda Kino kunlarini o‘tkazadi.
Jahon kino kunlari doirasida Osiyo, Amerika va Yevropaning 22 ta davlati: Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Misr, Isroil, Eron, Italiya, Malayziya, Moldova, Mo‘g‘uliston, Polsha, Ruminiya, Turkmaniston, Turkiya, Fransiya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya o‘z kinosan’ati namunalarini namoyish etadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi