Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonlik kurashchi qiz Namanganda 3-o‘rinni egalladi

photo 533

Loading

Joriy yilning 8-sentabridan 11-sentabrga qadar Namangan viloyatida erkaklar va ayollar o‘rtasida sportning belbog’li kurash turi bo‘yicha Prezident sovrini uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada O’zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar safida G‘ijduvon tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Muxlisa Ikromova ham ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qo‘lga kiritib, bronza medalini O’zbekiston delegatsiyasiga qo‘shib qo‘ydi.

photo 02 179

Tarixga nazar solsak, 3 000 yildan ziyod yoshda bo‘lgan milliy sport turimiz – belbog‘li kurash bugun dunyo bo‘ylab tobora quloch yoymoqda. Asrlar osha o‘zida mardlik, halollik, jasurlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni jamlagan ushbu sport turi 2017-yil Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tgan yopiq inshootlardagi va jangovor sanʼatlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik polvonlar terma jamoamizga eng ko‘p medallarni taqdim etdilar. Rossiyada o‘tgan Butunjahon Universiadasida ham belbog‘li kurashchilarimiz eng ko‘p medallarni to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi. Qisqacha aytganda, har yili o‘tadigan yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda polvonlarimiz umumjamoa hisobida faqat kuchli uchlikdan joy olib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda.

Shuningdek, belbog‘li kurashni dunyo bo‘ylab keng miqyosda rivojlantirish maqsadida 2021-yili Litva davlatining Vilnyus shahrida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (JBKA) tashkil etildi va rasman Yevropa Ittifoqidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mazkur assotsiatsiyaga o‘zbekistonlik hamyurtimiz Azizbek Abduxalilovich G‘aniyev prezident etib saylandi. Bu esa, ochig‘i, belbog‘li kurashga bo‘lgan eʼtiborni yana-da kuchaytirdi. Boisi, assotsiatsiya tashkil etilgandan keyin oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan tarixda ilk bor Ukraina davlatining Lvov shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Yevropa chempionati o‘tkazildi. Yuqori saviyada o‘tkazilgan mazkur Yevropa chempionatida 100 nafarga yaqin polvonlar 65 kg, +65, 90, +90 kg vazn toifalarida bellashishdi.

Ota-bobolarimizdan bizgacha asrab-avaylanib yetib kelgan, halollik, mardlik, jasurlik va vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam bo‘lgan, milliy sport turimiz – belbog‘li kurashni yer kurrasi bo‘ylab ommalashtirish, aynan u orqali yurtimiz shaʼni va shuhratini jahon sport ayvonlarida tarannum etish har bir o‘zbekning maqsadiga yalanib bormoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.