Islom
Agar kimning taqvo libosi o‘rnida bo‘lsa, zohiriy libosi ham albatta durust bo‘ladi
Agar oddiy libos badan avratlarini to‘sib, jismni ziynatlasa, taqvo libosi ma’naviy avratlarni to‘sib insonning qalbini ziynatlaydi. Agar insonning kiyim-boshi jismdagi avratlarini pinhon tutib, unga ziynat bag‘ishlasa-yu, taqvo libosi ketib, ma’naviy avratlari ochilib tursa, undan yomoni yo‘q. Hozirgi kunda ko‘plar o‘zining taqvo libosi bashangaligini da’vo qilib, ustki avratlarining ochilib qolganiga e’tibor ham qaratishmaydi. Bu johillikdan o‘zga narsa emas. Agar kimning taqvo libosi o‘rnida bo‘lsa, zohiriy libosi ham albatta durust bo‘ladi. Zero, har ikki libos – hissiy avratni to‘sadigan libos ham, taqvo libosi ham.
Lekin islomda ushbu zebu ziynatning ta’sir doirasi tartibga solingan. Ayollarning zebu ziynatlari begona erkaklarning ko‘zini o‘ynatishiga, shahvoniy hislarini qo‘zg‘ashga, fitna chiqishiga va zinoga yo‘l ochilishiga sabab bo‘lmasligi kerak.
Shuning uchun ham Islom dini bu ishlarda o‘z ta’limotlarini joriy kilgan. Tananing rangini bildiradigan darajada shaffof kiyim kiyish joiz emas.
“Hafsa ismli bir ayol Oisha roziyallohu anhoning oldilariga shaffof ro‘mol o‘rab kirganida Oisha roziyallohu anho ro‘molini yirtib tashlab, qalin ro‘mol o‘ratib qo‘ygan ekanlar”.
Odamlarning odatiga xilof kiyim kiyish ham yaxshi emas. Odatda bu kabi kiyimlar shuxrat uchun kiyiladi. Bu kabi kiyim kiyganlarni boshqalar g‘iybat qiladi, ularning gunohlariga kiygan odamning o‘zi xam sherik bo‘ladi.
Johiliyat davri ayollari iffat va sharm-xayo bilan kiyinishni bilmas edilar. Chiroylarini ko‘z-ko‘z qilishda musobaqalashar edilar. Soch o‘rimlarini, bo‘yinlarini, tomoqlarini, quloqlaridagi taqinchoklarini, hatto ko‘ksilarini ochib yurar edilar. Alloh taolo bunday holat ayollarga xos fazilat emasligini bayon etib oyat nozil qilganidan keyin mo‘mina ayollar tamoman boshqa holatga o‘tishgan.
Hozirgi kunda yosh yigit va qizlarning ayrimlariniig kiyinish madaniyati ana shu davr ayollarining kiyinishiga o‘xshab ketayotganining guvohi bo‘lamiz. Ayol kishining libosi, tanasini bilintirib turadigan darajada yupqa va tor bo‘lmasligi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, musulmon va muslima ayollarning kiyimlari dunyodagi eng go‘zal, eng chiroyli, eng odobli, muhimi esa – Allohning amriga muvofiq kiyimlardandir. Bundan ortiq sharaf bo‘lishi mumkin emas.
Muallif: Mirjon Egamberdiyev, “Xoja Orif Revgariy Mohitobon” jome’ masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi