Islom

Duo qilganimizdan so‘ng “omin”, – deymiz. Buning ma’nosi nima?

photo 568

Loading

“Omin” ning ma’nosi: – “Duoyimizni ijobat ayla!”, – “Ey, Allohim! Ijobat qil!” yoki – “Xuddi shunday bo‘lsin!” yohud “Umidimizni muvaffaqiyatsizlikka uchratma!” kabilardir.

Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh o‘zining “Matolib al-oliya” asarida zikr qilishicha, bir yahudiy musulmonlardan “Omin” so‘zini eshitib, imon keltirgan ekan: “Bir yahudiy “Omin” deyishayotgan masjid ahli yonidan o‘tib ketayotgan edi. Shunda yahudiy: «Sizlarga “Omin” ni o‘rgatgan zotga qasamki, sizlar haqqning ustidasizlar!”, – dedi”.

Yahudiy o‘z dinida ham “Omin” so‘zi borligi va u haq payg‘ambarlardan meros qolganini bilgani bois musulmonlardan bu so‘zni eshitib, ushbu dinning haqligiga amin bo‘lgan.

“Omin” aytilganida, farishtalar ham uni aytishlari haqida sahih hadislar bor.

Muallif: Muhammad Ayyub Homidov.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.