Islom
Qur’oni Karimda ismlari zikr qilingan payg‘ambarlar
Qur’oni Karimda ismlari zikr qilingan payg‘ambarlar 25 tadir. Bular:
1) Odam alayhissalom;
2) Idris alayhissalom ibn Yorid;
3) Nuh alayhissalom ibn Lomak;
4) Hud alayhissalom ibn Sholax (yoki Abdulloh);
5) Solih alayhissalom ibn Ubayd;
6) Ibrohim alayhissalom ibn Ozar;
7) Lut alayhissalom ibn Horon ibn Ozar;
8) Ismoil alayhissalom ibn Ibrohim alayhissalom;
9) Ishoq alayhissalom ibn Ibrohim alayhissalom;
10) Yoqub alayhissalom ibn Ishoq alayhissalom;
11) Yusuf alayhissalom ibn Yoqub alayhissalom;
12) Shuayb alayhissalom ibn Mikoil (yoki Navfal);
13) Ayyub alayhissalom ibn Muso (yoki Omus);
14) Zulkifl alayhissalom ibn Ayyub alayhissalom;
15) Muso alayhissalom ibn Imron;
16) Horun alayhissalom ibn Imron;
17) Dovud alayhissalom ibn Iysho;
18) Sulaymon alayhissalom ibn Dovud alayhissalom;
19) Ilyos alayhissalom ibn Yosin (yoki Ozar);
20) Al-Yasa’ alayhissalom ibn Axtub;
21) Yunus alayhissalom ibn Matto;
22) Zakariyo alayhissalom ibn Barxiyo;
23) Yahyo alayhissalom ibn Zakariyo alayhissalom;
24) Iyso alayhissalom ibn Maryam;
25) Muhammad sollallohu alayhi vasallam ibn Abdulloh.
Ulul azm (eng qat’iyatli, azmu qarorli, sabot-matonatli va sabr-toqatli) payg‘ambarlar 5 nafardir. Bular:
1) Muhammad sollallohu alayhi vasallam;
2) Nuh alayhissalom;
3) Ibrohim alayhissalom;
4) Muso alayhissalom;
5) Iyso alayhissalom.
Oxirzamon payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam:
– Ibrohim – alayhissalomning duosidir (ya’ni Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalom bilan birga Ka’bani qurar ekanlar, shunday duo qilganlar:
«Ey Robbimiz, ularga (ya’ni kelajak ummatlarga) o‘zlaridan bo‘lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, Kitob va hikmatni (ya’ni Qur’on va sunnatni) o‘rgatadigan va ularni (kufr va gunohlardan) poklaydigan bir payg‘ambarni yuborgin! Albatta, Sen O‘zing Aziz Hakimdirsan» (Baqara surasi, 129-oyat).
– Iyso – alayhissalomning bashoratidir:
«Eslang, Iyso ibn Maryam: «Ey Isroil avlodi, albatta, men o‘zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlovchi va o‘zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir Payg‘ambar haqida bashorat (xushxabar) beruvchi bo‘lgan holda, Allohning sizlarga (yuborgan) Payg‘ambaridirman», degan edi»; (Saf surasi, 6-oyat).
– Onalari – Ominaning tushidir:
Onalari u zotni dunyoga keltirayotganlarida o‘zlaridan bir nur chiqqanini va uning yorug‘ligidan Shom o‘lkasidagi qasrlar yorishib ketganini tushlarida ko‘rganlar.
Manba: “Rasululloh va ahli bayt” kitobidan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi