Islom
Alloh taolo juma kunida hech bir musulmonning gunohini kechirmay qo‘ymaydi…
Juma – gunohlarga magʻfirat!
Salmoni Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni g‘usl qilib, iloji boricha poklanib, o‘z moyidan, uyidagi xushbo‘ylardan surtib, so‘ngra chiqib, ikki kishining orasini yormay (joy topib) o‘ziga bitilgan namozni o‘qisa va imom gapirganda jim turib, quloq solsa, albatta, uning o‘tgan jumadan bungacha bo‘lgan narsalari mag‘firat qilinadi», – dedilar”.
Ikki shayx rivoyat qilganlar: “Abu Hurayra: «Uch kun ziyodasi bilan. Chunki har bir yaxshilik o‘n mislga ko‘paytirilur», – dedi”.
Abu Dovudning lafzida: «Kim juma kuni g‘usl qilib, eng yaxshi liboslaridan kiysa, agar xushbo‘y narsasi bo‘lsa, undan surtsa, so‘ngra jumaga borib, odamlarning yelkasidan hatlab o‘tmasa, keyin o‘ziga bitilgan namozni o‘qisa, imomi chiqsa, u namozidan forig‘ bo‘lguncha quloq ossa, bu (juma) bilan undan oldingi juma orasidagi narsaga kafforot bo‘ladi», deyilgan.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Alloh taolo juma kunida hech bir musulmonning gunohini kechirmay qo‘ymaydi» (Tabaroniy rivoyat qilgan).
Juma sunnatlari:
– Juma uchun g‘usl qilish;
– xushbo‘y narsalar surtish;
– chiroyli kiyimlar kiyish;
– Jumaga viqor va sakina bilan erta borish;
– Juma kuni badanni tozalab, hay’atni go‘zal qilish;
– Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish;
– Juma kuni va kechasi duoni ko‘p qilish;
– Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish;
– Imom birinchi rakatda Fotihadan keyin «Jumu’a» surasini va ikkinchi rakatda «Munofiqun» surasini qiroat qilish;
– Juma kuni bomdod namozida «Haa miim sajda» va «Hal ataa ’alal-insaani» suralarini qiroat qilish sunnatdir;
– Juma namozining farzidan avval va keyin to‘rt rakatdan sunnat namozi o‘qish;
– Jumada mudragan odam boshqa yerga o‘tib olishi.
“Kifoya” kitobidan.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi