Islom
Men Allohga ko‘p martalab gunohlar qildim, ammo U meni jazolamadi-ku?!
Sezilmaydigan jazodan ehtiyot bo‘ling!
Bir kishi Hasan Basriy rohimahullohning huzuriga kelib dedi:
– Mening eshitishimcha, har bir qilingan gunohning jazosi bor. Men Allohga ko‘p martalab gunohlar qildim, ammo U meni jazolamadi-ku?!, – deb so‘rabdi.
Hasan Basriy rohimahulloh dedi:
– Bolam! Alloh seni bir necha bor jazolagan, ammo sen bilmagansan. U sendan munojot qilish halovatini tortib olmadimi? Bir necha kunlar o‘tsada Qur’onni Alloh uchun ochib o‘qimading. Bu jazo emasmi? Bir qancha kechalar o‘tsada tahajjudga turmading. Bu jazo emasmi? Alloh seni zikridan to‘sib qo‘ymadimi? Seni molni, obro‘ni va shuhratni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘ymadimi? Qalbingga toatni og‘ir bo‘lib qolganini sezmayapsanmi? Gʻiybat, chaqimchilik va yolg‘on gapirish senga oson bo‘lib qolmadimi? Alloh senga oxiratni unuttirib, eng katta g‘amingni dunyo qilib qo‘ymadimi? Ramazon, shavvolning olti kuni, zulhijjaning o‘n kuni kabi savob mavsumlari kelganida sen ularni g‘animat bilmading-ku! Shu jazo emasmi? Allohning jazolarining eng yengili seziladigan, bilinadigan jazolardir. Jazolarning og‘iri sezilmaydiganidir. Allohning jazosi sezilishdan ancha yuqori turadi. Oxiratni unuttiradigan dunyo ila seni mashg‘ul qilib qo‘yishi Uning iqobidir. Oxirat ilmlarini tark qilish evaziga seni dunyo ilmlari ila mashg‘ul qilib qo‘yishi Uning iqobidir. Senga ko‘p mol-dunyo berib ammo toatning lazzatini bermasligi Uning iqobidir. Robbim biz sezmay turib qancha-qancha jazolar ila jazolaydi. Alloh saqlasin!
Muallif: Abdulqodir Polvonov.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi