Islom
Hurmat yuzasidan odamlarning qo‘lini o‘psa bo‘ladimi?
Yoshi katta va hurmatli kishining qo‘lini o‘pish sunnat amal emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlarini bu ishga da’vat etganlari haqida biror hadis yo‘q.
Lekin, hadislarda sahobalar tomonidan ba’zi munosabatlar bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamda sahobalarning qo‘lini o‘pganligi to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi.
Imom Buxoriy rohimahullohning “Al-adab al-mufrad” kitobida Vaazi’ ibn Omirdan rivoyat qilinadi: “Biz Madinaga keldik. Odamlar: Ana Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, dedilar. Biz Ul zotning qo‘llari va oyoqlarini o‘pa boshladik”.
Suhaybdan rivoyat qilinadi: “Alini ko‘rdim, Abbosning qo‘lini o‘pdilar…” (Imom Buxoriy rivoyati).
Yuqoridagi hadislardan tushunamizki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarini hurmat yuzasidan bir-birlarining qo‘llarini o‘pishidan qaytarmaganlar.
Lekin, bu ishda insonning niyati muhim rol o‘ynaydi. Sahobalar qalban va zohiran samimiy inson bo‘lganlar hamda qo‘lni o‘pishda faqatgina o‘z ehtiromlarini izhor qilganlar, boshqa narsani niyat qilmaganlar. Demak, qo‘l o‘payotganning ham, qo‘li o‘pilayotgan insonning ham niyati to‘g‘ri bo‘lishi, g‘ururlanish, manmanlik va riyoga berilmasligi kerak.
Imom Navaviy aytadilar: “Biror kishining boyligi, mansabi, dunyoviy shon-shavkati va obro‘si uchun qo‘lini o‘pishdan qaytariladi”. Chunki, inson dunyoviy narsalar uchun boshqalar oldida o‘zini xorlashi mumkin emas.
Imom Molik rohimahulloh kibr va ulug‘lashga sabab bo‘lish ehtimoli borligi uchun qo‘l o‘pishni ma’qul ko‘rmaganlar. Ammo biror insonning Allohga yaqinligi, ilmi, amali, din ishidagi sharafi uchun qo‘lini va peshonasidan o‘psa – bu joiz, deganlar.
Shu bilan birga, ota-onani xursand qilish maqsadida hamda hurmat yuzasidan qo‘li va oyog‘ini o‘pish joiz amaldir.
“Durrul-muxtor” da “Olim va parhezgor kimsaning qo‘lini tabarruk yuzasidan hamda dindor hokim va odil sultonning qo‘lini hurmatlash uchun o‘pishning zarari yo‘q”, – deyilgan.
Yodda saqlash lozimki, olimni yoki ulug‘ insonlarning qo‘lini o‘pishni odat tusiga aylantirmaslik lozim.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan so‘radilar: “Kishi birodari bilan uchrashganida egiladimi, yo‘q, dedilar. Uni o‘padimi yoki quchoqlaydimi, U zot, yo‘q, dedilar. Qo‘l berib ko‘rishadimi, deb so‘ralganda, ha, dedilar” (Termiziy rivoyati).
Muallif: Po‘latxon Kattayev, Toshkent islom instituti Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi