Islom
Farzandga aqiyqa qilish
Assalomu alaykum! Farzand tug‘ilganda aqiyqa qilish haqida ko‘p eshitganman. Hozir, alhamduilillah, ikkinchi farzandim dunyoga kelish arafasida. Biroq o‘g‘limizga ham chilla ichida aqiyqa qilmaganmiz. Turmush o‘rtog‘im: «Bu narsa shart emas», deydi. Lekin oilaviy sharoitimiz yaxshi. Buni xo‘jayinimga qanday tushuntirsam bo‘ladi?
Javob: Va alaykum assalom! Har bir tug‘ilgan bolaga aqiyqa qilish sunnat ekanligini, imkoni bo‘la turib qilmaslik sunnatni tark etish ekanligini, bu esa yaxshi emasligini tushuntirish lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir g‘ulom aqiyqasi garovidir», – deganlar.
Demak, har bir yangi tug‘ilgan farzandning ba’zi bir ishlari unga aqiyqa qilishga bog‘liq bo‘lib turar ekan. Agar aqiyqa qilinsa, o‘sha ishlar yuzaga chiqadi, bo‘lmasa, xuddi garovga olinganday, yuzaga chiqmay turaveradi. Ba’zi ulamolarimiz, jumladan, Imom Ahmad ibn Hanbal va Ato Xurosoniylar aytishadiki, go‘dakligida o‘lgan farzandning o‘z ota-onasiga shafoatchi bo‘lishi uning aqiyqasiga bog‘liqdir. Agar unga aqiyqa qilingan bo‘lsa, Qiyomatda jannat erkatoylaridan bo‘ladi va: «Agar jannatga oldin ota-onam kirmasa, men kirmayman», – deb turib oladi. Shunday qilib, u o‘z shafoati ila ota-onasining jannatga kirishiga sabab bo‘ladi. Imom Lays, Dovud Zohiriy va boshqalar esa «Yangi tug‘ilgan farzandning yaxshi unib-o‘sib, baxtli-saodatli bo‘lishi uning aqiyqasiga bog‘liqdir, shuning uchun aqiyqa qilish vojibdir», – deganlar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi