Islom

Namozni vaqtidan keyin o‘qigani uchun tavba qilish kerakmi?

photo 669

Loading

Savol: Kishi qazo namozini ado qilgach, namozni o‘z vaqtidan keyin o‘qigani uchun tavba ham qilishi kerakmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, albatta kishi namozni o‘z vaqtida o‘qimasdan, uni qazo qilib o‘qigani uchun tavba qiladi. Bu haqda “Durarul hukkom” kitobida bunday deyilgan:

وَأَمَّا إثْمُ تَأْخِيرِهَا عَنْ الْوَقْتِ الَّذِي هُوَ كَبِيرَةٌ فَبَاقٍ لَا يَزُولُ بِالْقَضَاءِ الْمُجَرَّدِ عَنْ التَّوْبَةِ بَلْ لَا بُدَّ مِنْهَا هَذَا

ya’ni: “Namozni vaqtida o‘qimaslik katta gunoh bo‘lib, tavba qilmasdan qazo namozini o‘zini o‘qish bilan gunoh yo‘q bo‘lmaydi, balki qazoni o‘qish bilan birga albatta tavba qilish zarur bo‘ladi”.

Shunday ekan, musulmon kishi avvalo namozni har qanday vaziyatda ham o‘z vaqtida o‘qishga harakat qilishi kerak. Mabodo uxlab qolib o‘z vaqtida o‘qiy olmasa, zudlik bilan qazosini o‘qishga say-harakat qiladi. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda:

إِنَّ الصَّلَاةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا

ya’ni: “Albatta namoz mo‘minlarga vaqtida farz qilingandir”, – degan (Niso surasi, 103-oyat). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.