Islom

Musibat yoki biror qiyinchiliklarga duchor bo‘lsangiz, ushbu zikrni ayting

photo 675

Loading

Hazrat Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:
“– Ey Ali, senga qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan kalimalarni o‘rgataymi?”, – dedilar.
“– Alloh meni sizga fido qilsin, o‘rgating, yo Rasululloh”, –dedim.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“– Qiyin ahvolga tushib qolsang, “Bismillahir rohmanir rohiym. Va laa havla va laa quvvata illaa billaahil ’aliyyil ’aziym”, – deb ayt. Chunki, mana shu duo bilan Alloh xohlaganicha har turli balolardan xalos qiladi», – dedilar.

Molik Ashja’iyning o‘g‘li asirga tushib qolganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga odam yuborib “Laa havla va laa quvvata ilaa billah” ni ko‘p aytishni buyurganlar. Natijada o‘g‘li asirlikdan xalos bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari o‘z tajribalarida “Laa havla va laa quvvata ilaa billah” ni aytish bilan mushkullari oson, balo-ofatlari daf bo‘lishini ko‘p sinab ko‘rganlar.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.