Maşhurlar

Ruhshona kimga turmushga chiqqani haqidagi savolga javob berdi

photo 703

Loading

Aktrisa, xonanda Ruxshona Instagram sahifasidagi jonli efir paytida kimga turmushga chiqqani haqidagi savolga javob berdi.

Xonandaga jonli efir vaqtida kuzatuvchilaridan biri eri kimligi haqida savol bergan. Aktrisa esa bir yaxshi insonga turmushga chiqqanini aytgan. Ruxshona ovoz yozish studiyasida jonli efir qilgan. Oʻsha paytda uning yonida bir erkak boʻlgan. Aktrisadan kuzatuvchilari yonidagi odam eriligi haqida soʻragan. Ruxshona esa u kompozitoriligini taʼkidlagan. Xonanda uning ismi Bahromligini ham aytib oʻtgan.

“Bir yaxshi insonga turmushga chiqdim. Yonimdagi Bahrom. U mening kompozitorim. U mening qoʻshiqlarim va reklamalarimni yozib beradi. Toʻyimga koʻp boʻlmadi”, – deydi u.

Avvalroq Ruxshona sevgilisi bilan turmush qurganini maʼlum qilgandi. Xonanda oʻz sahifasida mazkur yangilikni eʼlon qilgan. U qoʻlida guldasta ushlab turgan suratlarini joylab, “sevgilimning turmush qurish taklifiga rozi boʻldim. Ana endi baxtli boʻlamiz”, deya yozib qoldirgan. Aktrisaning mazkur posti ostiga barcha hamkasblari baxt tilab izoh qoldirgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.