Mashhurlar
Rasul Kusherbayev “Bravo” ning konserti uchun qancha gonorar olgan?
“Bravo” jamoasi aʼzosi Otabek Mirzaxolov YouTubeʻdagi “Intervyu TV” loyihasiga bergan intervyusida konsertda chiqishi evaziga Rasul Kusherbayev qancha gonorar olganini haqida gapirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, deputat Rasul Kusherbayev hech qancha pul olmagan. Otabek Mirzaxolov deputatga konsertga chiqish taklifi bilan murojaat qilishganda, u avval sahna koʻrinishini koʻrishi kerakligini aytganini taʼkidladi. Rasul Kusherbayev repetitsiya jarayonida qatnashgach, konsertda chiqishga rozi boʻlgan.
“Rasul Kusherbayev bizdan hech qancha pul olmagan. Biz borib deputatlar haqida sahna koʻrinishi qilganimizni aytdik. ʻMen repetitsiyani koʻrayʻ, deb javob berdi. Rasul Kusherboyev sahna koʻrinishini koʻrgandan keyin ʻYaxshi mavzuni koʻtargansiz lekin uning yuki boʻlsin. Bu koʻrinish bilan odamlarga nima demoqchisiz?ʻ, – degan. Rasul Kusherboyev sahna koʻrinishini oʻzgartirgan joylari boʻldi. Birga ishlaganimizda uning insoniyligiga qoyil qoldim. U kelib sahna koʻrinishini koʻrmaguncha, konsertga chiqish yoki chiqmasligini aytmadi. Koʻrgandan keyin rozi boʻldi”, – deydi u.
To‘liq video:
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi