Islom

Namozda ayol va erkak namozxonlarning safda teng turib qolishi mumkinmi?

photo 715

Loading

Namoz o‘qiyotganda kunlik odatimizga qaraydigan bo‘lsak, bu masalaga duch kelmasligiimz mumkin, chunki u juda kam bo‘ladigan holatlardan. Tasavvur qilaylik: namozda ayol va erkak safda teng turib qolishdi. Bunday holatda erkak yo ayolning namozi buziladimi? Shu haqda fikrlashsak.

Bu masalada bir necha shartlar bor:
– ayol balog‘at yoshiga yetgan bo‘lishi kerak, lekin balog‘atga yetmagan bo‘lsa-yu, namozga aqli yetadigan bo‘lsa, namozda erkak kishiga teng kelib qolsa, erkakning namozini buzmaydi;
– ular o‘qiyotgan namoz mutlaq namoz bo‘lsin, ya’ni ruku va sajdasi bo‘lgan namoz. Agar ular janoza namozida barobar kelib qolishsa, er kishining namozi buzulmaydi;
– ular namozda taxrima va adoda sherik bo‘lsinlar, ya’ni ikkalasi taxrimalarini imomning taxrimasiga bino qilgan bo‘lishi o‘qiyotgan namozlari bitta bo‘lib, ikkalasi bitta imomga iqtido qilgan bo‘lishlari shart. Ikkalasi ham bitta imomga iqtido qilsa va ikkalasini ham tahorati sinib, tahorat qilib kelgan vaqtda, imom namozni o‘qib tugatgan bo‘lsa, so‘ngra ular imomdan qolgan namozini o‘qishga kirishsa, shunda ayol erkakka barobar turib qoladigan bo‘lsa, erkakning namozi buziladi. Chunki ular qolgan namozni o‘qiyotganlarida lohiq hukmida bo‘lib, go‘yoki imomni orqasida turganday bo‘lishadilar, shuning uchun ular qiroat ham qilmaydi, agarda sajdai sahvni vojib qiladigan ishni qilsalar sajda ham qilishmaydi. Agar bular lohiq bo‘lmasdan masbuq bo‘lsalar, qolgan namozni o‘qishayotganlarida barobar turib qoladigan bo‘lishsa, namozlari buzilmaydi. To‘g‘ri, ular imomning taxrimasiga taxrimalarini bino qilish borasida sherik bo‘lsalar ham, lekin ado borasida unday emas, chunki qolgan namozlarini o‘qiyotgan vaqtlarida ularning haqiqatan ham, taqdiran ham imomlari yo‘q. Haqiqatda imomi bo‘lmasligi tushunarli, taqdiran bo‘lmasligi ular namozlarida qiroat qilishadilar va sajda vojib bo‘lsa, uni ham qiladilar, xuddi yolg‘iz namoz o‘quvchi kabi;
– makon bitta bo‘lsin. Agar erkak kishi tepalikda, ayol yerda bo‘lsa, yoki aksi bo‘lsa, erkakning namozi buzilmaydi. Tepalik balandligi kishining qomati barobarida bo‘lishi shart;
– ikkalasini orasida to‘siq bo‘lmasin;
– imom ayolga imomatlikni niyat qilgan bo‘lishi kerak, niyat qilmasa erkakning namozi buzilmaydi, lekin ayolning namozi buziladi, sheriklik imomni niyatisiz sobit bo‘lmaydi;
– erkak va ayol o‘rtasidagi teng kelib qolishidagi miqdor. Bir komil rukn barobar turib qolishi bilan bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyot: “Muxtsar – ul Quduriyning sharhi”, Mu’tasar Az-Zoruriy Shayx Muhammad Sulaymon Hindiy roxmatullohi alayh.
Muallif: Kamoliddin Mirzayev, mudarris.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.