Buxoro yangiliklari

Olotda saksovul o‘grilariga qarshi reyd tadbirlari boshlandi

photo 743

Loading

Olot tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Kuni kecha ana shunday tadbir davomida Olot tumani “Yosh botir” MFY hududida yashovchi fuqaro H. J. tomonidan saksovul butalarini hech qanday ruxsatsiz sindirib olib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi, 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 500 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 784 000 so‘m hisoblandi.

Reyd tadbirlari viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.