Buxoro yangiliklari

Tojikistonlik kompozitorlar Buxoroda bo‘lishdi

photo 746

Loading

13- va 14-oktabr kunlari Tojikiston kompozitorlari uyushmasi raisi Amirbek Musozoda uyushmasi a’zolari hamrohligida Buxoroga tashrif buyurishdi.

Tashrifning birinchi kunida viloyat Madaniyat boshqarmasi va Tojik milliy markazi xodimlari bilan birgalikda Buxoro shahri bo‘ylab sayohat tashkil qilindi. Mehmonlarga shaharning qadimiy obidalari va tarixiy joylari hamda savdo rastalari namoyish qilindi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi ziyorat qilindi.

photo 02 253

Kun oxirida tojikistonlik san’at vakillari sharafiga Buxoroning eski shahr qismida joylashgan “Nodir devonbegi“ madrasasida konsert tashkil etildi.

Tashrifning ikkinchi kuni ham ijodiy uchrashuvlarga boy o‘tdi. Buxoro viloyat Madaniyat boshqarmasi binosida tojik kompozitorlari hamda Buxoro viloyat davlat filarmoniyasi xonandalari ishtirokida suhbat uyushtirildi. So‘ngra “Buxorcha” va “Mavrigi” taronalari ijro etildi.

photo 03 185

Tashrif yakunida o‘zbek hamda tojik san’atkorlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanda mustahkamlashga kelishib olindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.