Islom

Ushbu surani o‘qisangiz, u qiyomat kuni bandasini jannatga kiritgunicha shafoat qiladi

photo 756

Loading

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qur’onda o‘ttiz oyatdan iborat bir sura bor. Kim uni o‘qisa, gunohlari kechirilgunicha shafoat qiladi. U Taborak surasidir”, deganlar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Nasoiy rivoyati).

Taborak surasi “shafoatchi” nomi bilan mashhur. Shu sabab bo‘lsa kerak, ko‘p musulmon diyorlarida, xususan bizning yurtda mayyit dafn etilgandan keyin Taborak surasi o‘qiladi.

Sahobalar bu surani “qutqaruvchi” deb atashgan. Zero, Taborak surasi bandani shafoat qilishi haqida rivoyatlar kelgan.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “Qur’ondagi o‘ttiz oyatdan iborat sura sohibini jannatga kiritguncha tortishadi. Bu Taborak surasidir”, – deyilgan. Imom Tabaroniy rivoyati.

Anas ibn Nufayldan rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni bir banda tiriltiriladi. U bironta ham gunohni qoldirmay hammasini qilgandi. Biroq Allohni yagona deb bilar, Qur’onning faqat bitta surasini o‘qirdi. Uni do‘zaxga kiritish buyuriladi. Shunda o‘sha kishining ichidan bir narsa uchqundek otilib chiqib: “Yo Alloh! Men Payg‘ambaring alayhissalomga nozil qilganing (Qur’ondan) bir suraman. Mana bu bandang meni o‘qirdi”, – deydi. O‘sha sura bandani jannatga kiritgunicha shafoat qiladi. Taborak surasi (Allohning izni bilan bandani azobdan) qutqaradi (Imom Daylamiy rivoyati).

Sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Men (Taborak surasi) ummatimdan har bir mo‘min banda qalbida bo‘lishini xohlardim”, – deganlar (Imom Hokim rivoyati).

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.