Maşhurlar

Shohruhxonning onasi nonga pul topa olmasdan qotib qolgan nonlarni “suxarik” qilganini aytdi

photo 764

Loading

Aktrisa, prodyuser, rejissor Zebo Navro‘zova «Mashhurlar» ko‘rsatuviga bergan intervyusida uyida non qolmagan paytlari farzandlarini qanday jazolagani haqida gapirib berdi.

Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, bu uyalib yoki maqtanib gapiradigan mavzu emas. Aktrisa bitta nonga pul topa olmasdan qotib qolgan nonlarni «suxarik» qilganini aytdi. U farzandlariga kunlik bir qancha topshiriqlar bergan. Uyda non topilmay qolgan paytlarda esa prodyuser bergan topshiriqlaridan ko‘prog‘ini farzandlaridan so‘ragan. Zebo Navro‘zova ular topshirilgan ishlarni qilolmasa, ovqat bermasligini aytgan va shunday qilgan.

«– Ishdan shoshib kelaman, muzlatgichni ochsam hech narsa yo‘q, farzandlarim kichkina. Katta farzandim o‘smir bo‘lsa kichkinasi hali juda yosh. Shunday paytlar bo‘lgan. Bitta nonga pul topa olmasdan qotib qolgan nonlarni “suxarik” qilganman. Farzandlarimga sen pianinoni chalib bermading. Shuning uchun ovqat qilmadim. Sen gammani 3 soat chalishing kerak edi, lekin 1 soat chalding. Sen meni aldading, gammani 3 soat chalasan, keyin ovqat yeysan, yoki sen men bergan she’rni yodlamabsan, demak uchchalang ham aytgan ishimni qilmabsiz, Mana sizlarga jazo, ovqat yo’q deganman, aslida o’sha payt ichimdan yig’laganman», – deydi rejissor.
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.