Mashhurlar

“Otam sabab erkaklardan ko‘nglim qolgan” – Barchin G‘ofurova

photo 01 8

Loading

«Baxt ovchisi» serialidagi Zulya roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Barchin G‘ofurova ota mehridan ayro yashagani haqida “Daryo” nashriga gapirib berdi.

Aktrisa otasi sabab erkaklardan ko‘ngli qolgani va endilikda hayotida otasiga o‘rin yo‘qligini quyidagicha izohlaydi.

– Otam mehrini his qilishni istaganman, ammo kaminani bu baxtdan mosuvo qilishgan. U ukam ikkimizni bolaligimda tashlab ketgan. Avvaliga ajrashishiga ko‘proq onam sababchi deb bilardim. Chunki u nihoyatda g‘ururli ayol. Ammo ulg‘ayib, yarashish taklifi bilan otamning oldiga borganimdan keyin fikrlarim o‘zgardi. U yangi oilasi borligi va boshqa bolalarning boshini silayotgani uchunmi biz bilan yashashni istamadi. Ilgari otamni o‘lgan deb bilardim. Chunki u biror marta onam ketma-ket jarrohlik amaliyotini boshidan kechirganda, ukam oshqozon saratoniga chalinib davolatish uchun uyimizni sotganimizda ham, u inson xabar olmagan. Lekin otam bilan uchrashganda familyangizda xalqqa tanilaman, degandim. Balki Barchin G‘ofurovani televizorda ko‘rganda ko‘nglidan nimalardir o‘tar, bu yog‘i menga qorong‘u. Ammo u inson sabab erkaklardan ko‘nglim qolgan, oila qurishdan ham qo‘rqaman, — deydi aktrisa aktrisa.
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.