Jahon
Shveytsariyada saratonni davolashda yangi usul klinik sinovdan oʻtkazilmoqda
Tahlillarga koʻra, dunyoda har yili 20 million nafarga yaqin kishi onkologik xastaliklarga chalinib, ulardan teng yarmi saraton asoratlari tufayli hayotdan koʻz yummoqda. Shu bois tibbiyot olimlari ushbu xavfli kasallikning samarali davosini topish va bu orqali bemorlar oʻlimini keskin kamaytirish maqsadida doimiy izlanishda.
Shveytsariyaning Bazel universiteti yetakchi professorlari va mutaxassislaridan iborat guruh ayni shu maqsadda tadqiqot oʻtkazdi. Maʼlumki, saraton oʻsimtalari kutilmaganda paydo boʻlib, organizm boʻylab tarqala boshlaydi. Eng yomoni, bu bosqichda ular turli dori-darmonlarga yuqori moslashuvchanlik qobiliyatiga ega boʻladi.
Yangi tadqiqot koʻkrak bezi saratoni hujayralarining zararli taʼsirini kamaytirishga qaratilgan. Bunga mos ingibitor (antitana)ni topish uchun 9 500 dan ortiq birikma sinab koʻrildi. Ular orasidan PLK1 ingibitori eng mos namuna deb topildi. Ushbu birikmaning saraton hujayralariga taʼsiri xastalikni samarali davolash imkonini berishi mumkin.
Hozir mazkur usul qon, oʻpka va oshqozon osti bezi saratoni muolajasida qanday natija berishi yuzasidan klinik sinovlar davom ettirilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi