Islom

Rasululloh s. a. v.: “Kimda uch hislat bo‘lsa, Alloh uni O‘z panohiga oladi”

picture

Loading

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “– Kimda uch (hislat) bo‘lsa, Alloh uni O‘z panohiga oladi, rahmati bilan o‘raydi va muhabbatiga dohil qiladi”, – dedilar. Shunda: “– Ey Rasululloh, o‘sha xislatlar qaysilar?”, – deyildi. U zot: “– Kimga berilganida shukr qilsa, (intiqom olishga) qodir bo‘la turib kechirib yuborsa va va g‘azablanida ham muloyim bo‘lsa (ana o‘sha fazilatga erishadi)”, – dedilar” (Hokim va Bayhaqiy rivoyati).

Sharh: Ushbu rivoyatda bandani Allohning himoyasi, rahmati va muhabbatiga sazovor qiladigan uch xil amal haqida xabar qilinmoqda. Ya’ni, kimga ne’mat berilganida shukr qilsa, uni Alloh rozi bo‘ladigan joylarga sarflasa, kim intiqom olishga qodir bo‘la turib, o‘zgalar aybini kechira bilsa, xato qilgan odamni jazolamasa va g‘azabi chiqqanida o‘zini bosib, xuddi jahli chiqmagandek muloyimlik qila olsa, ana shunday banda Allohning rahmatiga erishadi. Allohning rahmatiga erishgan bandani U Zot himoyasiga oladi. Alloh faqat O‘zi yaxshi ko‘radigan bandalarigagina rahmatini nozil qiladi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.