Buxoro yangiliklari

Buxoro tumanida yangi muzey paydo boʻldi

photo 784

Loading

Buxoro tumanining o‘ziga xos an’ana va qadriyatlari, turmush tarzini o‘rganish, targ‘ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida “Buxoro tumani madaniyat tarixi muzeyi” tashkil etilib, Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.

Muzey ekspozitsiyalari esa Buxoro amirligi, Sobiq Ittifoq davri, Mustaqillik yillari tarixi va bugungi kundagi ushbu hududda amalga oshirilgan islohotlar davriga bo‘linib, tarixiy ashyolar bilan boyitilgan.

Shuningdek, muzeydan xalq orasida jasorat ko‘rsatgani uchun «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan Muhammad Ahmedov, koʻplab jahon chempionlarini yetishtirgan taniqli kurashchi Sobir Qurbonov hamda boshqa mashhur insonlarning hayotiga bagʻishlangan instaliyatsilar ham o‘rin olgan.

Ushbu muzey Buxoro tumanining “Rabotiqalmoq” MFY hududida boʻlib, yaqin kunlarda toʻliq faoliyat olib borishi uchun ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.