Buxoro yangiliklari
Dronlar shousi
Buxoroda 8-yanvar kuni dronlar shousi o‘tkazildi.
Ko‘pgina manbalarda, jumladan Buxoro viloyati Turizm departamentining Telegramdagi sahifasida yozilgan xabarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan namoyish negadir soat 19:00 lar da boshlandi va 5 daqiqaga borar-bormas nihoyasiga yetdi.
Sababi, «Geoinnovatsiya markazi» DUK taqdim qilgan va viloyatga olib kelingan 500 ta drondan bir nechtasi tizimdagi nosozlik yoki noqulay kelgan ob-havo sharoiti tufayli yerga qulab tushdi va shou oxiriga yetmasdan tugatildi.
Tadbirda sovuq va qorong‘u ko‘chada taxminan 1 soat davomida kutgan tomoshabinlar bo‘lib o‘tgan dronlar shousini davomli qarsaklar bilan kuzatib borishganini e’trof etamiz va ular olgan taasurotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ijobiy baholashdi.
Ayrimlar esa havo juda sovuq bo‘lgani uchun 30-40 daqiqa kutib, so‘ngra uyga qaytishganini yozishgan. Boshqalar esa, yanada ko‘proq dastur taqdim etishlarini kutganliklarini bildirishgan.
«Buxoroda ilk bor va uzoq kutilgan innovatsion dronlar shousi bo’lib o’tdi. Mazkur shou viloyatimizning 9500 ga yaqin aholi tomonidan Registon maydonida kuzatib borildi. Taxminan 10 daqiqa davom etgan shouda jami 25 xil ranglar jilosiga ega 8 ta shakl tasvirlandi. Unutilmas yorqin shou qadim Buxoro ahliga o’zgacha kayfiyat baxsh etdi», – deyiladi shoudan so‘ng Buxoro viloyati Turizm departamenti joylashtirgan xabarda.
Umuman olganda, ushbu shou-dastur ilk marta o‘tkazilayotgani bilan ko‘p sonli buxoroliklar esida qoldi desak adashmagan bo‘lamiz.
O‘zimizning manba
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi