Buxoro yangiliklari
Keyingi yildan Buxorodan Termizga muntazam aviareys yoʻlga qoʻyilmoqda
Joriy yilning 26-oktabrda “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023-yil martdan quyidagi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash nazarda tutilgan:
1. “Samarqand – Nukus;
2. “Samarqand – Mo‘ynoq”;
3. “Samarqand – Termiz”;
4. “Buxoro – Termiz”;
5. “Namangan – Termiz”;
6. “Namangan – Nukus”.
Shuningdek, Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Aviaqatnovlar jadvalini yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temir yo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integrasiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi.
O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia-chipta narxining 25% miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.
O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalari 2028-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan, havo kemalariga xizmat ko‘rsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy ta’minot uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi