Jahon

Xitoyning sobiq rahbari majburlab olib chiqib ketildi – video

photo 799

Loading

O‘tgan haftaning 22-oktabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyi bo‘lib o‘di. Eʻtiborlisi esa marosim vaqtida Xitoy raisi Si Szinpinning yonida o‘tirgan mamlakatning sobiq rahbari Xu Szintao zaldan olib chiqib ketildi.

Yig‘ilishdan tarqalgan videoda ko‘rinib turibdiki, Xitoyning sobiq rahbari Xu Szintaoning yoniga bir nafar shaxs yaqinlashib, uni zaldan olib chiqib ketmoqchi bo‘ladi, hattoki uni o‘rnidan turg‘azishga harakat qiladi. Ammo, Xu Szintao zalni tark etishni xohlamaydi. So‘ngra ikkinchi xodim unga yaqinlashdi. Xodimlarning har ikkisi niqobda bo‘lib, atrofdagilar bu jarayonni kuzatish bilan cheklanadi. Shundan so‘ng, Xitoyning sobiq raisi o‘rnidan turadi va Si Szinpin yonidan o‘tib, uning eʻtiborini o‘ziga qaratmoqchi bo‘ldi, ammo, bu vaziyatni o‘zgartirmadi va u zaldan chiqib ketishga majbur bo‘ladi.

Hodisa bo‘yicha Xitoy tomoni izohi “sobiq rahbarning sog‘lig‘i yomonlashgani sabab, uni zaldan olib ketishdi” bo‘ldi.

Maʻlumot o’rnida, Xu Szintao 2002 – 2012-yillarda Xitoy Komunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi va 2003 – 2013-yillarda Xitoy Xalq Respublikasi raisi lavozimlarida ishlagan. U joriy yilning 21-dekabr kuni 80 yoshni qarshi oladi.

Malumot uchun, shu kuni Xitoy Markaziy qo‘mitasi va Intizomni tekshirish markaziy komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlanib, qurultoyda partiya nizomiga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi ro‘yxatda 205 nafar partiya aʻzosi bor, biroq unga Xitoy Bosh vaziri Li Ketsyan, Butunxitoy xalq vakillari kengashi raisi Li Chjanshu, Xalq siyosiy maslahat kengashi milliy qo‘mitasi raisi Van Yan va Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xan Chjen kiritilmagan. Ularning barchasi 2023-yilning mart oyida nafaqaga chiqadi. Rasmiy talqinga ko‘ra, bu ularning “yosh avlodga yo’l berishi” bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy, Xitoy Xálq Respublikasi (XXR) — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng koʻp va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln km². Aholisi 1 mlrd. 394 mln kishi (2003-y). Poytaxti – Pekin shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rayon va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.