Islom
Islomda 3 kundan ortiq arazlashish joiz emas
Islom dini insonlarni o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va oilaviy totuvlikka chorlaydi. Oilalar, insonlar o‘zaro hamjihat, totuv bo‘lsalar jamiyat ham tinch bo‘ladi, tinchlik bo‘lgan joyda esa taraqqiyot bo‘ladi.
Inson hayoti davomida ba’zan boshqa insonlardan xafa bo‘ladi, ular bilan arazlashib qoladi. Bu narsa har bir insonning hayotida bo‘ladi. Shunday paytlarda inson boshqa insonlarni kechirishi, arazlashganligini unutib, yaxshi muomalasini davom ettirishi lozim.
Islom dini insonlarni bir-biri bilan uch kundan ortiq arazlashishni halol hisoblamaydi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min mo‘mindan 3 kundan ortiq arazlashi halol emas. Agar u 3 kunni o‘tkazgan bo‘lsa, o‘sha bilan uchrashib, salom bersin. Agar uning salomiga alik qaytarsa, ikkilari ajrga sherik bo‘ladilar. Agar salomga alik qaytarmasa, u gunohni o‘ziga olgan bo‘ladi. Musulmon esa arazlashdan chiqadi”, – dedilar» (Abu Dovud rivoyati).
Afsus bilan aytishimiz mumkinki, bugungi kunda ayrim er-xotinlar, aka-uka, opa-singil, qalin do‘stlar va hatto ota-bolalarning bir-birlarini tushunmasdan arazlashib yurishganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu mas’uliyatni his qilmay, huda-behudaga nizolashish natijasidir. Arazlashganlardan so‘rasangiz hamma o‘zining haq ekanligini isbotlashga urinadi. Bu ayni xatodir. Aslida, arazlashishdan chekinish, bir-birovni kechirish fazilatdir.
Alloh taolo hamjihat bo‘lib yashash baxtiga barchamizni muvaffaq qilsin!
Muallif: Mirjon Egamberdiyev, “Xoja Orif Mohitobon Revgariy” jome’ masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


