Mashhurlar
Dilso‘z eri bilan yarashgani rostmi?
Uning soʻzlariga koʻra, har bir oilada yaxshi va yomon sinovli kunlar boʻladi va bunday sinovlar ularning ham boshiga tushgan. Xonanda oxirgi payt koʻpchilik erini unga qoralab, gij-gijlab, yomon koʻrsatishni boshlaganini aytgan. Oʻshalar uning oilasini buzilishini xohlaganini taxmin qilgan.
Dilsoʻz shu gaplardan soʻng jahl ustida eri haqida yolgʻon maʼlumotlarni yozib tashlaganini aytib, Allohdan va eridan kechirim soʻragan. Uning soddaligi va ishonuvchanligi pand berganini aytgan.
“Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar va muhlislar. Har bir oilada yaxshi va yomon sinovli kunlar boʻlarkan. Bunday sinovlar bizning ham boshimizga tushdi, balki oilamizga koʻz tegdi. Koʻpchilik menga oxirgi payt erimni qoralab, gijgijlab, ularni menga yomon koʻrsatishni boshladi. Balki oilamizni buzilishini xohlashgandur. Erimni video murojaatlaridan keyin menga yomon kommentariyalar kela boshladi. Va shu gaplardan soʻng jahl ustida ular haqida yolgʻon maʼlumotlarni yozib tashladim. Yozgan gaplarim uchun avvalo Allohdan, erimdan va yurtdoshlarimizdan uzr soʻrayman. Soddaligim va ishonuvchanligim menga pand berdi. Men shuni tushunib yetdimki ayol kishi birinchi Allohga, keyin eriga itoat qilishi kerak yekan. Eri aytgani aytgan, degani degan boʻlishi muhim va oʻzgalarning gap soʻzlari emas. Men xatoimni anglab yetdim va bundan keyin erimga itoat qilib yashayman. Ajrashishimizni kutganlar esa ovora boʻlmang, biz baxtli boʻlamiz xudo xohlasa, xudo xohlamasa uchrasharmidik? Har bir oilaga tinchlik, xotirjamlik va baxt omad tilayman. Hattoki qushning ini ham buzilmasin”, – deydi xonanda oʻzining Instagram sahifasidagi “storis”ida.
Dilso‘z surat ostida “Alhamdulilah Allohim shu kunga yetkazganingga shukr”, – deb izoh qoldirgan.
Avvalroq, xonanda Dilsoʻz eri bilan ajrashayotganini maʼlum qilgan edi. Undan keyin xonanda hijobga kirganini eʼlon qildi. Biroz oldinroq esa xonandaga o‘zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova o‘z Instagram sahifasida tanbeh berib, uydagi gapni ko‘chaga olib chiqish yomonligini, har bir oilada, jumladan uning oilasida ham ora-sira tushunmovchiliklar bo‘lib turishini yozga edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi