Islom
Vafot etganingizdan keyin oila a’zolaringizning ba’zilari ovqatlanayotgan, ba’zilari mehmon kutayotgan, yana kimdir telefonda gaplashayotgan bo‘ladi
Qabrdagi hamroh
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. O‘lim haq. Hammamiz vafot etamiz. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:
كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ ۗ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۖ فَمَن زُحْزِحَ عَنِ النَّارِ وَأُدْخِلَ الْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ ۗ وَمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ
«Har bir jon o‘limni totuvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni to‘lig‘icha olursiz. Kim olovdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa aldov matohidan boshqa narsa emas» (Oli Imron surasi, 185-oyat).
Vafot etganingizdan so‘ng sizni yuvish, kafanlash, janozangizni o‘qish va dafn etishga taxminan 3-4 soat ketadi. Bu vaqt o‘tgach oila a’zolaringiz, yaxshi ko‘rganlaringizning ba’zilari ovqatlanayotgan, ba’zilari ichimlik ichayotgan, birlari mehmon kutayotgan, birlari telefonda gaplashayotgan, ba’zilari uxlayotgan bo‘ladi. Odamlar sizni qanchalik yaxshi ko‘rishmasin, dafndan so‘ng qabringiz yonida yarim soat, oshib ketsa 1 soat o‘tirishadi. Qabringizni qanchalik ko‘p ziyorat etishmasin, baribir, sizning qanday ahvoldaligingizni ko‘rishmaydi, his qilishmaydi.
Uyingizda esa boshqalar yashay boshlaydi, mashinangizni boshqalar hayday boshlaydi, libosingizni boshqalar kiya boshlaydi, ishingizni boshqalar qila boshlaydi, pullaringizni boshqalar ishlata boshlaydi.
Qabrda siz bilan faqat amalingiz birga bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Odam farzandi vafot etsa, unga 3 narsa ergashadi: ahli, moli va amali. Ikkitasi qaytadi, bittasi u bilan qoladi. Ahli bilan moli qaytib keladi, amali u bilan birga qoladi».
Iymoningiz, ixlosingiz, namozingiz, ro‘zangiz, zakotingiz, hajingiz, qilgan tilovatlaringiz, umrangiz, zikrlaringiz, duolaringiz, sabringiz, sadaqalaringiz, hijobingiz, odamlarga qilgan yaxshi muomalangiz, ko‘zingizni tiyganingiz, tilingizni tiyganingiz, ota-onangizga qilgan yaxshiligingiz, g‘azabingizni ichingizga yutganingiz, odamlarga qilgan yaxshiligingiz, sunnatga ergashganingiz, solih amallarni qilganingiz, yomonliklardan tiyilganingiz qabrda siz bilan birga bo‘ladi.
Ey Alloh, barchamizni O‘zingning hidoyatingdan ayirmagin, xotimamizni chiroyli qilgin!
Muallif: Nozimjon Hoshimjonov.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


