Jahon
Dunyoga koronavirus hali ham xavf solmoqda (-mi?)
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yer yuzidagi epidemiologik vaziyat boʻyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari 13 foizga kamaygan.
Qayd etilishicha, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha qariyb 2,7 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu 10—16-oktabr sanalariga nisbatan 15 foiz kam koʻrsatkich. Shuningdek, kasallik oqibatida 8,5 mingdan ortiq kishi hayotdan koʻz yumdi va oʻlim holatlar statistikasida 13 foiz pasayish qayd etildi.
Xususan, kasallanishlar sonining sezilarli kamayishi Afrika (-41 foiz) va Yevropa (-23 foiz) mintaqasi mamlakatlarida kuzatildi. Janubiy va Shimoliy Amerika qitʼalarida esa 2 foiz oʻsish aniqlandi.
Oʻlim holatlari ham Afrika (-72 foiz), Yevropa (-24 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyo (-13 foiz) davlatlarida kamaydi.
Oʻtgan haftada eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar:
Germaniya — 498 787 nafar;
Fransiya — 307 610 nafar;
Xitoy — 285 348 nafar;
AQSH — 255 116 nafar;
Italiya —252 777 nafar.
17—23-oktabr kunlari COVID-19 dan eng koʻp oʻlim holatlari kuzatilgan davlatlar:
AQSH — 2538 nafar;
Rossiya — 636 nafar;
Italiya — 586 nafar;
Fransiya — 484 nafar;
Xitoy — 469 nafar.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi