Jahon
Xitoylik olimlar tuberkulyozni davolashda yangi usulni aniqlashdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yiliga 10 000 000 kishi tuberkulyoz xastaligiga chalinadi. Ulardan 1 700 000 nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi, – deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma’lumki, tuberkulyoz 99% holatda havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi va asosan o‘pkani zararlaydi. Xastalik qo‘zg‘atuvchisi sil tayoqchalari hisoblanib, ular har qanday sharoitga chidamli. Ya’ni issiqda ham, sovuqda ham ko‘paya olish xususiyatini yo‘qotmaydi.
Yaqinda xitoylik olimlar mazkur bakteriyaning immunitetga oson “chap berishi” sababini aniqladi. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, sil tayoqchasi infeksiyadan zararlangan hujayraning o‘z-o‘zini yo‘q qilishiga yo‘l bermaydi va yallig‘lanish reaksiyasini keltirib chiqaradi. Shu bois Xitoy mikrobiologiya instituti olimlari sil tayoqchasining butun genomini va u ajratib chiqaradigan hamda hujayralarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha oqsillarni o‘rgandi. Yakunda shubha ostiga olingan 201 ta oqsil orasidan PtpB deb nomlangani ajratib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, u zararlangan hujayralarning o‘z-o‘zini yo‘q qilishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga ega. Ya’ni bemor immunitetining javob reaksiyasini susaytirib, infeksiyaning o‘pka bo‘ylab keng tarqalishiga imkon yaratadi.
Aytish joizki, ushbu tadqiqot natijasi kelgusida patogenning o‘ziga emas, bevosita oqsillarga ta’sir qilish orqali tuberkulyozni davolash usullarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Toshkentda xorijlik mutaxassislar og‘ir xastaligi bo‘lib, davolanishga mablag‘i yetmagan bemorlarni bepul operatsiya qilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi