Jahon
-40 darajadagi sovuq kelmoqda
Faqat bunday ob-havo O‘zbekistonda emas, balki qo‘shni respublika Tojikistonda! Bugundan ushbu mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 35 darajadan pastga tushishi mumkin, deb xabar qilmoqda Respublika meteorologiya agentligi.
Tog‘li Badaxshonda bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda ozgina qor yog‘adi. G‘arbiy qismida havo harorati kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Hududning sharqiy qismida kechasi 23-28 daraja sovuq, ba’zi joylarda termometr minus 31-36 darajagacha pasayadi, kunduzi harorat -12-17 darajani tashkil qiladi.
Sug‘d viloyatida havo bulutli bo‘ladi, ayrim tumanlarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Vodiylarda havo harorati kechasi -4-9 daraja, kunduzi -1-6 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda harorat kechasi 11-16 daraja sovuq bo‘ladi.
Xatlon viloyatida havo bulutli bo‘lib, joylarda ozgina qor yog‘ishi, shuningdek tuman tushishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -3-8 daraja, kunduzi -3 … + 2 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘ oldi hududlarida havo harorati 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Dushanbe shahrida havo bulutli bo‘lishi va ozgina qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi -1 … + 4 daraja bo‘ladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi