Islom
Chin ma’noda tavba qilish nima ekanligini bilasizmi?
Tavba – ilm, hol va amaldan iborat bo‘lib, bu uch narsa bir-biriga chambarchas bog‘liqdir.
Ilm – gunohlarning zarari juda ham katta ekaniga va gunohlar banda bilan unga mahbub bo‘lgan har bir narsa orasidagi to‘siq ekaniga ma’rifat Hosil qilishdan iborat.
Hol – mazkur ilm tufayli qalbda paydo bo‘lgan afsus va nadomatdan iboratdir. Zotan, qalb qachon o‘zi muhabbat qo‘ygan narsadan mahrum bo‘lsa, alam chekadi. Ana shu alam nadomat deb ataladi.
Amal – gunohning zararini bilib, qalbda undan alam chekilgandan keyin mazkur alamni yo‘qotish uchun azmi qaror ila gunohni tark etishdir. Bu o‘rinda gunohni tark qilish hozirgi, kelasi va o‘tgan zamonga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi zamondagisi qilib turgan gunohidan darhol chetlanish va tavba qilish ila bo‘ladi. Kelasi zamondagisi umrinig oxirigacha gunoh qilmaslikka azmu-qaror qilish va gunoh shubhasi bor narsalardan saqlanish orqali bo‘ladi. O‘tgan zamonga bog‘liq bo‘lishi – avvalgi gunohlarga astoydil tavba qilish va ularga kafforot bo‘ladigan amallarni bajarish hamda qazolarni ado etish bilan bo‘ladi.
Demak, tavbaning haqiqati ilm, nadomat (hol) va hozir, kelajak hamda o‘tgan zamondagi gunohlarni tark qilishdan, ya’ni amaldan iboratdir.
Gunoh mahbubdan uzoqlashtiruvchi sabab ekanligini bilmagan odam gunohlariga tavba qilmaydi. Alamga sabab bo‘luvchi gunohni qilaveradi va oqibatda halok bo‘ladi.
Foydalanilgan adbiyot: “Ruhiy tarbiya” kitobi.
Muallif: Gʻolib Murodov, “Xokimullomir” jome’ masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi