Özbekiston
Mortal Kombat o‘yining yangi talqini chiqadi
“Warner Bros. Games” yaqinda o‘zining 30 yilligini nishonlagan “Mortal Kombat” o‘yining navbatdagi qismi “Mortal Kombat: Onslaught” chiqarilishini e’lon qildi. Albatta, o‘yin afsonaviy Mortal Kombat qahramonlarining keng ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, ammo bu safar u an’anaviy jangovar kurash emas, balki o‘yinchilarga qahramonlardan o‘z jamoalarini tuzish va real vaqtda dushman jamoasiga qarshi kurashish imkonini beradigan RPG janrida bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi o‘yin Mortal Kombat 10 va 11 o‘yinlari orqasida turgan “NetherRealm Studios” tomonidan ishlab chiqilmoqda va u faqat mobil qurilmalar uchun 2023-yilda chiqariladi. Shuningdek, o‘yin kinomatagrafik hikoyaga ham ega bo‘lishi va unda o‘yinchilar dunyo bo‘ylab vayronagarchiliklar keltirib chiqaradigan xavfli va yovuz kuchlarni to‘xtatish uchun jang qilishlari ta’kidlanmoqda.
Hozirda o‘yin haqida boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan, ammo uning yangi rasmiy web-sayti – https://onslaught.mortalkombat.com/ ochilgan bo’lib, u yerda faqat yangiliklar uchun ro’yxatdan o’tish mumkin.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


