Islom

Ey birodar! Bugun bozorga kelgan mato sening kafaning bo‘lmasligini qayerdan ham bilarding!?…

photo 6 1 scaled

Loading

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “Hayo o‘limni va (qabrda) chirishni eslamog‘ingizdir”, – dedilar. Albatta, o‘lim va undan so‘ng bo‘ladigan holatlarni eslash, insonning gunohdan qaytishiga sababchi bo‘ladigan eng kuchli vositalardan biridir.

Imom Gʻazzoliy rahmatullohi alayh aytadilar: “Ey birodar! Bugun bozorga kelgan mato sening kafaning bo‘lmasligini qayerdan ham bilarding!?”.

Mashoiqlar aytganlar: “O‘limning kelishi aniq. Lekin o‘lganda kafan bilan ketishda gumon bor”.

Shuning uchun inson har qadamida o‘limga tayyor bo‘lmog‘i kerak. O‘lim qay holatda kelishini kim biladi

Hadisi sharifda “Qanday holatda yashagan bo‘lsangiz, shunday holatda o‘lim keladi”, – deyilgan. Ya’ni, kimning hayoti solih amallari bilan bezatilgan bo‘lsa, o‘limi ham maqtaladigan holatda bo‘ladi va kimning hayoti gunohlar bilan o‘tgan bo‘lsa, unga o‘limga ham shu holatda yo‘liqadi.

Foydalanilgan adabiyot: “Sharm va hayo” kitobi.
Muallif: Nodirbek Asadov, Buxoro shahridagi “Poyi Ostona” jome’ masjid imomi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.