Buxoro yangiliklari
Buxoro shahrida “otopleniya” 8-noyabrdan berilishi rostmi?
Kecha, 7-noyabr kuni kechqurun internet tarmogʻida shahardagi koʻp qavatli uylarda issiq energiyasi yetkazib berilishi boshlanishi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Chindan ham Buxoro viloyati hokimi chiqargan farmoyishiga asosan, bugun 8-noyabr sanasidan boshlab Buxoro va Kogon shaharlaridagi ko‘p kvartirali uylar, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa turdagi iste’molchilarga “Buxoroenergomarkaz” AJ va “Issiqlik manbai” DUK korxonalari tomonidan issiqlik energiyasi yetkazib berish boshlanadi.
Demak shahrdagi barcha koʻp kvartirali uylarda “otopleniya” hafta oxirigacha toʻliq ishlashni boshlaydi. Shu oʻrinda xonadonlar egalari va issiqlik energiyasining isteʼmolchilaridan 2022/2023-yillar kuz-qish isitish mavsumi boshlanishi munosabati bilan ehtiyot choralarini ko‘rish, yaʼni mavjud quvurlar tizimining sozligi va moʻtadil ishlashini ta’minlashi uchun koʻzdan kechirishlarini soʻraymiz.
Aniqlangan yoki yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida esa quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin:
1. Buxoro viloyati UJKXKB: (+998) 65-225-09-34;
2. “Buxoroenorgomarkaz” AJ: (+998) 78-770-01-82;
3. “Issiqlik manbai Buxoro” DUK: (+998) 65-223-24-06.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi