Islom
Rasululloh s. a. v.: “Albatta sizlarning qonlaringiz, mollaringiz va obro‘laringiz bir-birlaringizga haromdir…”
Alloh taolo insonlarga son-sanoqsiz ne’matlarini bergan. Ular ichida vujudning sog‘-salomat bo‘lishi – eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Bu vujud insonlarga berilgan omonat hisoblanib, uni xayrli ishlarga ishlatishga va yomon ishlardan saqlashga shariatimiz amr qiladi.
Til – insonning jisman kichik, ammo mas’uliyat va vazifa jihatdan e’tiborga molik a’zosidir. Shuning uchun ham Qur’oni karimda Alloh taolo uni minnat qilib: “– Axir, Biz unga ikki ko‘z, til va ikki lab ato qilmadikmi”, – deydi.
Til bilan qilinadigan ulkan gunohlardan biri – g‘iybatdir. Insonlarning obro‘ va izzatlarini saqlash ichun ham Islom dini g‘iybatni harom qilgan. Chunki g‘iybat odamlarning yashirin ayblarini oshkor qilish va ularning obro‘-e’tiborini to‘kishdan iboratdir. Rasululloh so‘ngi vasiyatlari bo‘lgan vidolashuv hajidagi xutbalarida ham buni alohida ta’kidlab shunday deganlar: “Albatta sizlarning qonlaringiz, mollaringiz va obro‘laringiz bir-birlaringizga haromdir. Shu oyda, shu shaharda bu arafa kunining hurmatini saqlagandek, ularning hurmatini saqlanglar!». Demak, birovning aybini oshkor qiluvchi so‘zni to‘g‘ri bo‘lsa ham aytish joiz emas, chunki g‘iybat bo‘ladi. Agar yolg‘on bo‘lsa, tuhmat va bo‘xton bo‘lgani uchun gunohi ham ikki hissa bo‘ladi.
Til – Alloh taoloni zikr qilish, Qur’oni Karimni tilovat qilish, odamlarni hidoyat yo‘liga chaqirish, qisqa qilib aytganda, Alloh taolo rozi bo‘ladigan o‘rinda ishlatish uchun berilgan. Aksincha, boshqalarga ozor berish, g‘iybat, bo‘xton va shu kabi yomon illatlar uchun berilmagan. Uni qanday so‘zlarga ishlatsa ham, insondan oxiratda hisob so‘raladi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “ – U biror so‘zni talaffuz qilsa, albatta, uning oldida hoziru-nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (so‘zni yozib oluvchi farishta) bordir”. (Qof surasi, 18 oyat).
Bandaligimiz tufayli esa har qadamda xato qilishimiz mumkin. Shuning uchun ham hech bo‘lmaganda tilimizni yomon illat bo‘lgan g‘iybatdan saqlashga harakat qilishimiz kerak.
Muallif: Ravshan Kamolov, Buxoro shahridagi “Sayfiddin Boharziy” masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi