Buxoro yangiliklari
Qorako‘lda “Mahalla raislari bog‘i” borligidan xabaringiz bormi?
Xabaringiz bor, prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 1-dekabrga qadar ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi. Qorako‘lda ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 20-oktabrdan boshlab hududda 200 000 donadan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
Yana bir e’tiborli jihati, tumandagi “Do‘stlik” mahallasida M-37 yo‘li bo‘yidagi hudud kuni kecha tuman mahalla raislari tashabbusi bilan obodonlashtirilib, “Mahalla raislari bog‘i” tashkil etildi. Yer maydonidagi notekis tuproq qatlami tekkislanib, shirin tuproq va mahalliy o‘g‘itlar bilan boyitildi.
Tuman markaziga kiraverish qismida bunyod etilgan ushbu joyga 350 ta mevali, 150 ta archa va sosna, 1 000 ta tut, 5 000 ta uzum, 3 000 tadan ortiq terak qalamchalari, jami 10 000 ga yaqin nihollar o‘tqazilib, sug‘orish tizimiga ulandi.
Tuman tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan daraxt ekish aksiyasida Qorako‘l tuman hokimi Xurshid Toxirov boshchiligidagi faxriylar, tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari alohida jonbozlik ko‘rsatishdi, – deya xabar bermoqda Qorako‘l tumani hokimligi matbuot xizmati..
Ayni vaqtda “Yashil makon” loyihasidagi ishlar Qorako‘ldagi jome’ masjidlari va ziyorat turizmi obyektlarida ham davom ettirilmoqda
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi