Buxoro yangiliklari

Buxoroda 10 ga yaqin maktab yerlari noqonuniy ravishda sotib yuborilgan – Rasul Kusherbayev

photo 14 1

Loading

O‘zbekistonda 200 ga yaqin maktab yerlarining bir qismi noqonuniy «sotib yuborilgan». Deputat Rasul Kusherbayev sinflar yetishmayotgan bir paytda buni «kelajakka xiyonat» deb atadi. Uning fikricha, maktab yerlarini hokimlar talon-toroj qilgan, ammo «noqonuniy topshiriqni bajargan qo‘rqoq xodimlar» jazolanadi.
2018 yildan buyon O‘zbekistonda 198 ta maktab hududidagi qariyb 70 gektar yer noqonuniy ravishda «sotilgan». Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDePdan fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Prezidentning 2018-yil 5-sentabrdagi qarori bilan umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulklarini Xalq ta’limi vazirining roziligisiz o‘zlashtirish taqiqlangan, prezident hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno.

«Hokimlarimiz bunga zid ravishda maktab yerlarini boshqalarga berib yuborish holatlari ko‘p ekan. Oddiy aytganda, maktab yerlari “sotilgan”», – deya qayd etdi parlamentariy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha holatlarning qariyb 1/3 qismi Andijon viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda 61 ta maktab 24,8 gektar maydonni yo‘qotgan. Ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati – 26 maktab va 7,75 gektar, uchinchi o‘rinni Namangan viloyati – 20 maktab va 5,52 gektar.

Sirdaryo viloyatida 15 ta maktabning 0,38 gektar, Farg‘ona viloyatida 14 ta maktabning 1,86 gektar, Surxondaryo viloyatida 11 maktabning 4,05 gektar, Toshkent viloyatida 11 ta maktabning 0,17 gektar, Samarqand viloyatida 10 ta maktabning 7,57 gektar, Buxoro viloyatida 10 ta maktabning 3,25 gektar, Qoraqalpog‘istonda 7 maktabning 7,05 gektar, Navoiy viloyatida 6 ta maktabning 3,81 gektar, Jizzax viloyatida 4 ta maktabning 3,21 gektar va Toshkentda 3 ta maktabning 0,2 gektar maydoni noqonuniy ravishda o‘zlashtirib yuborilgan.

Birgina Xorazm viloyatida bunday holat kuzatilmagan. Deputatning fikricha, Xorazmda bunday ishlar prezident qarori chiqquncha bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«O‘quvchilarga sinfxonalar yetishmay, maktablarga qo‘shimcha bino qurishga yer muammo bo‘lib turgan bir vaqtda maktab yerlari talon-taroj qilinayotganini kelajakka hiyonat, deyish mumkin. Farqi shundaki, bunda maktab yerlarini talon-taroj qilgan hokimlar emas, noqonuniy topshiriqni bajargan qo‘rqoq va jur’atsiz xodimlar jazolanadi», – deya qayd etdi deputat.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.